— Doktor, betob bo‘lib qoldim. Nima qilay?
— Tezroq tuzaling!
— Rahmat doktor!
— Adajon, sirkka boraylik.
— Vaqtim yo‘q o‘g‘lim!
— Boraqolaylik ada! Sirkda ochiq-sochiq kiyingan chiroyli qizlar arslonni o‘ynatishar ekan.
— Arslonni ko‘rmaganimga ham ancha bo‘ldi o‘g‘lim...! Mayli ketdik! Ko‘rib kelaylik!

Er o‘zining sevimli mashinasi va xotini to‘g‘risida doim bir xil fikr bildiradi:
— Oxirgi payt juda ko‘p "kasali"chiqvatti.
— Birinchi qo‘l menman!
— Shoshib turganingda nuqul bir qiliq chiqaradi.
— Yili eskirib qoldi, yangisiga almashtirib olishim kerak.

— O‘g‘lim, sovutkichda 2 ta shokolad turgan edi. Hozir qarasam, 1 ta qolibdi. Buni tushuntirib bera olasanmi?
— Tushuntirib beraman albatta. Qorong‘uda ikkinchisini ko‘rmay qolibman oyijon.
Maktabni ko‘k diplomga bitirib, kollejni ham ko‘k diplomga tamomladim. Endi institutga ham ko‘k bilan kiraman.
"Supurilgan joy tozamas, axlat tashlanmagan joy toza!" degan gapni eshitgan farroshlar qo‘liga supurgi emas tayoq olib yurishibdi.
Kasalxonada:
— Nima uchun operatsiya xonasidan baqirgan ovoz eshitilyapti?
— Bemor baqiryapti.
— Narkoz qilishmadimi unga?
— Hozir qilindi. Hali hushidan ketgani yo‘q.
— Vrach shoshilib qorinni kesib yubordimi?
— Yo‘q. Vrach internetga kirib, "Ok gugl. Appendiks qaysi tarafda joylashgan" degan edi, bemor uni gapini eshitib qoldi.
— Salom, Rasul aka! Bugun men haydovchilik guvohnomasini oldim.
— Salom! Nega buni menga yozyapsan? Axir biz allaqachon ajrashib ketganmiz-ku!?
— Shunchaki, endi yo‘llarda ehtiyot bo‘ling!
Afandini tobi qochibdi. Lekin tabibga to‘lashga puli ham yo‘q ekan.
Tabibni oldiga kelib:
— Ayting-chi, siz shamollab qolsangiz qanday tuzalasiz? - debdi.
Tabib davolanish sirini ipidan ignasigacha aytib beribdi.
Afandi tabibni gapini diqqat bilan eshitgach, "Rahmat" deb chiqib ketibdi.
Chet tilini bilmaydigan insonlar lug‘atga qarab, bir amallab savol berib olishadi-yu, javobini tushunmay turaverishadi.