Bir kishi “Microsoft” kompaniyasiga farrosh bo‘lib ishlash uchun kelibdi. Kadrlar bo‘limida u bir nechta testlardan, suhbatdan o‘tibdi va unga deyishibdi:
— Tabriklaymiz, sizni ishga qabul qilamiz. Bizga o‘z e-mail'ingizni qoldiring, ish jadvali haqida ma’lum qilamiz.
— Kechirasiz, mening kompyuterim yo‘q,– debdi boyagi kishi, – elektron pochtam ham yo‘q.
— Afsuski, u holda sizni ishga qabul qilolmaymiz. “Microsoft”ning barcha xodimlari bilan e-mail orqali aloqa qilamiz va ishimizning asosiy qismi kompyuterlar bilan bog‘liq. Shuning uchun sizni ishga ololmaymiz. Bechora kishi tashqariga yo‘l olibdi va kompyuter uchun qanday qilib pul topishni o‘ylay boshlabdi. Cho‘ntagida atigi 30 dollar puli bor ekan. Qarasa, nariroqda bir fermer bog‘idan terib kelgan olmalarini sotayotgan ekan. U 10 kilo olma sotib olibdi va gavjum ko‘chalardan biriga borib olma sota boshlabdi. Ikki soatda uning puli ikki barobar, olti soatdan keyin esa 10 barobarga ko‘payibdi. U “Microsoft”ga ishga kirmasdan ham yashash mumkinligini tushunibdi. Bir qancha vaqtdan keyin erkak avtomobil sotib olibdi, avvaliga kichik do‘kon, keyinroq magazin ochibdi. Besh yildan keyin supermarketlar tarmog‘ini tashkil qilibdi.
Shundan so‘ng u biznesini sug‘urta qildirmoqchi bo‘libdi, sug‘urta agenti esa undan elektron pochtasini qoldirishni so‘rabdi.
Biznesmen xuddi bir necha yil oldingi singari unda e-mail ham, kompyuter ham yo‘qligini aytibdi.
– Qoyil! – debdi sug‘urta agenti, – kompyuteringiz yo‘q bo‘la turib shunday biznesga ega ekansiz! Agar kompyuteringiz bo‘lganida, kim bo‘lardingiz ekan?!
Biznesmen unga jilmayib javob qaytaribdi:
– U holda “Microsoft”da farrosh bo‘lardim.
— Azizim men chiroylimanmi?
— Ha, chiroylisan!
— Meni sevasizmi?
— Ha, sevaman!
— Unda ichishni tashlasangizchi?
— Unda ko‘zimga yalmog‘izdek ko‘rinasanda, - dermish
Afandi ariq tepasidagi qil ko‘prikdan o‘tayotgan edi, kavushining bir poyi ariqqa tushib, oqib ketdi. Afandi olish uchun shuncha harakat qildi, bo‘lmadi, noiloj:
— O‘zi ham past mato, tor, oyog‘imni g‘ajib kelayotgan edi, zab ish bo‘ldi-da, oqib ketdi,— dedi.
Afandining bu gaplarini eshitgan hamrohi ajablandi:
— Attang, bejirimgina, yangi kavush ekan, a!
— Yomon dedim, yomon,— dedi tutaqib Afandi,— yaxshi bo‘lsa, juftini tashlab ketarmidi!
Xotin eriga:
— Esizdami tunov kuni tomimizni tuzatgan kishi, o‘shani mashina bosib ketibdi, desa
Eri:
— Endi tomda ham yurib bo‘lmaydigan bo‘libdida
Bir o‘qituvchi sinfiga:
— Kim jinni bo‘lsa doskaga chiqsin, - debdi.
Shunda bir bola chiqibdi. O‘qituvchi so‘rabdi:
— Ha, jinniligini tan oldingmi?
Shunda bola:
— Yo‘q men ham sizga qo‘shilay, - debdi.
Bir kuni Afandi xazina topishga kirishdi va yer kavlay boshladi. 200 metr kavlasa, bir varoq chiqibdi, u varoqda:
— Tepaga chiqishni o‘yla, - deb yozilgan ekan.
O‘g‘li otasidan so‘radi:
— Dada hayotda yalmog‘iz kampir yo‘q-a?
Dadasi divanda o‘tirgan qaynonasiga qarab qo‘ydi-da, so‘ng o‘g‘liga dedi:
— Men ham bolaligimda shunday deb uylardim.
Olimlar tajriba sinovi o‘tkazishibdi.
Ayollarni qachon gapi tugar ekan deb, ikki ayolni bir xonali kvartiraga joylashtirishibdi. Barcha kerakli oziq–ovqat bilan ta’minlab kuzatishibdi.
1 oy o‘tibdi, 2 oy o‘tibdi, 3 oy o‘tsa hamki ayollarni gapi tugamasmish. Olimlar 5 oydan so‘ng eshikni ochib chiqinglar, desa, haligi ayollar:
— Mayli qolganini keyin gaplasharmiz, - deb chiqib ketishibdi.
Restorandagi voqea:
— Ofitsiant, salat bugungimi?
— Salat nafaqat bugungi, u hattoki ertangi!
Bir qiz diskotekada oddiy qo‘shiqqa juda tez o‘ynayotgan ekan. Buni bir yigit ko‘rib, yoniga kelib:
— Yaxshi qiz bu sizga lezginkamas, nega buncha tez o‘ynavossiz, deb so‘rasa
Qiz:
— Mani vaqtim kam, tez o‘ynab ketishim kerak, — dermish..