Alo. Bu tez yordammi?
— Ha, tez yordam.
— O‘g‘lim yozib turgan ruchkamni yutib yubordi, tez keling.
— Xo‘p.
— Ha men ungacha nima kilay?
— Biz borguncha qalamda yozib turing.
Bir boy keksayib qolganiga qaramay, Afandining qiziga ishqiboz bo‘lib qoldi:
— Jonginam, sizni sevib qoldim, suvga desangiz — suvga, o‘tga desangiz — o‘tga siz uchun kirishga tayyorman,— dedi u.
— Yerga kiring, desam-chi? — dedi qiz.
Ayol:
— Nahotki, menga mo‘ynali palto olib berishga og‘rinsangiz? Ko‘cha sovuq axir, o‘lib-netib qolsam, ko‘mish uchun po‘stinga qaraganda bir necha barobar ko‘p pul ketadi-ku?
— E-e, ko‘mish bir marta bo‘ladi, xotin!
— Do‘stim, kap-katta odamga bekor yurish yarashmaydi…
— E-e, bekor yurib zaril keptimi? Yo-yotibmiz.
— Do‘stim, uzr, mashinang bilan ozroq muammo chiqib qoldi..
— Nima qilding?
— Karbyuratoriga suv kirib ketdi.
— Sen karbyuratorning farqiga borarmiding?! Qani, aytchi, karbyurator qayerda joylashgan?
— Mashinangda
— Ha—ha, Mashinam qayerda bo‘lmasa?
— Daryoda!
Bir savdogar shahardan mol olib, boshqa shaharga eltib, sotib yurardi. Kunlarning birida mollarini sotib bo‘ldi-da, pulini etik qo‘njiga tiqib, o‘z shahriga jo‘nadi. Bundan o‘g‘rilar xabardor bo‘lib, uning payiga tushdilar. Savdogar poyezdga chiquvdi, ular ham ketidan chiqishdi. Kech kirgach, savdogar beparvo uxlab yotaverdi.
O‘g‘rilar sekin u yotgan joyga keldilar-da, «Pul qaysi oyog‘ida ekan? O‘ngidami, chapidami?» deb, ikkilanib, tavakkaliga bir oyog‘ini o‘tkir bolta bilan chopib, opqochib ketdilar. Birdan vagonning ichi to‘s-to‘polon bo‘lib ketdi. Yo‘lovchilar savdogarning holiga achinardilar. U bo‘lsa hadeb «xudoga shukur, xudoga shukur» derdi.
— Iye, nimaga shukur qilyapsiz? Axir bir oyog‘ingiz...
— E qiziq ekansizlar-ku! Pullik oyog‘im omon qolibdi-da! Shunga shukur qilyapman...
Samolyotda bir guruh jinnilarni bir shahardan ikkinchi shaharga olib ketishyapti. Tabiyki ular bilan birga davolovchi vrachlar ham bor ekan.
Vrachlardan biri jinnilarni har biriga 1 shishadan gazli suv tarqatib chiqibdi.
Jinnilar gazli suvni ichishib bo‘lishgach, birin ketin o‘zlarini samolyotdan pastga tashlay boshlashibdi. Faqatgina bitta jinni o‘zini tashlamabdi. Vrachlar undan:
— Sheriklaring qayoqqa ketishdi? deb so‘rashibdi.
— Ular magazinga butilka topshirgani ketishdi - debdi.
— Sen nega bormading? - so‘rashibdi vrachlar.
— A men ularga uxshab jinnimasman, bugun yakshanba magazin ishlamaydiku - debdi.
Serqatnov yo‘lda "Mersedes" bilan "Toyota" to‘qnashib ketibdi. "Mersedes" dan to‘rt barzangi tushdi-da, "Toyota" salonidan nozikkina yigitchani tashqariga olib chikib, tepkilay ketdi. Yigitcha chidolmay qichkirdi:
— Axir bu "Toyota-a-a"! Barzangilar uni battar tepkilay boshlashdi. Oxiri charchab kaltaklashdan to‘xtashgandi, yigitcha zo‘rg‘a shivirlab:
— Axir bu "Toyota"! Ruli o‘ng tarafda-ku!
Fermer xotiniga:
— Xotinjon, bahorda atrof qanday go‘zal-a! Qaynonamni, opa-singillaringni, amma-yu xolalaringni qizlarini, dugonalaringni, xullas hamma ayol qarindoshlaringni uyimizga chaqir. Sizlarga tabiat qo‘ynida osh damlab bermokchiman, - desa
Xotini:
— Voy, o‘zimni mard erjonim-yey, bizni toqqa olib borasizmi, - desa
Eri:
— Qanaqa tog‘?! Kuzda ekib qo‘ygan 3 gektar piyozimni o‘t bosib ketibdi, dalaga piyoz o‘toqqa borasizlar, - dermish.
— Derazani kim sindirdi?
— Erim...
— Ering og‘ir-bosiq odam edi-ku?
— Guldonni otgan edim, engashib oldida nomard!