Gazetada e’lon:
Yolg‘izlanib qolgan futbol jamoasi o‘zining orzusidagi oligarx bilan tanishishni istaydi.
Afandining yoshlikdan birga o‘sgan do‘sti bor edi. Yillar o‘tib shu do‘sti katta mansabga ko‘tarildi. Afandi uni amaldorlik lavozimi bilan tabriklash uchun mahkamaga kirib bordi. Do‘sti Afandi bilan ko‘rishish o‘rniga:
— Sen kimsan, nima ish bilan kelding!— deb do‘q urdi.
— Meni tanimaysanmi, yoshlikda yong‘oq o‘ynab o‘sgan do‘sting bo‘laman. Seni ko‘r bo‘lib qolibdi deb eshitib, ko‘ngil so‘ragani keldim,— dedi Afandi.
— Ada, qornim ochdi.
— Oyinga Telegram'da yoz, kelib ovqatlantirib ketadi.
Poshsho bir kuni ziyofatda o‘tirib Afandi bilan hazillashdi:
— Mulla Nasriddin, qayerga borsangiz eshagingizdan ajralmaysiz, doim u bilan birgasiz, a?
— Taqsir, eshagimdan ajralsam, mana bunday ziyofatlardan ham mahrum bo‘lib qolaman-da,— javob berdi Afandi.
Bir ayol dugonasiga telefon qilib:
— Kecha erim ishdan keldi-yu, ovqat haligacha tayyorlamasligini ko‘rdiyu, idishlarni, oynalarni sindirib, sen bilan yashagandan ko‘ra suyuqoyoq bilan yashaganim yaxshi deb, ketib qoldi.
— Mabodo erim senikida emasmi?
Sher chuqurga yiqilib tushib, undan chiqa olmayapti.
Daraxtda esa, maymun sakrab:
— Ajab bo‘libdi, battar bo‘lgin. E, la’nati mushuk. Endi seni changalingdan tumor, tishlaringdan esa suvenir yasab, po‘stingni esa bo‘yra qilishadi..., - deb masxara qilayotgan ekan, birdan sakrayotgan shoxi sinib, maymun sherni oldiga yiqilib tushibdi:
— Podshoxim, hatto ishonmaysiz ham, sizdan kechirim so‘rash uchun oldingizga tushdim...
1 odam kurortga dam olishga boribdi. Bir kuni plyajda zagar olib yotsa yoniga bir chiroyli, qomati kelishgan ayol kelib zagar olishga yotibdi. Ayolni yoniga bir odam kelib:
— 300$ beraman men bilan dam oling, dyebdi.
— Ayol yo‘q, deb javob beribdi.
Bir ozdan keyin qaytib kelib 500$ beraman debdi. Ayol yana yo‘q deb javob beribdi.
Yana vaqt o‘tgandan keyin kelib 1000$ beraman rozimisiz, deb so‘rabdi.
Ayol yo‘q, hoxlamayman, boshqa kelmang, debdi.
Ayolni yonida zagar olib yotgan odam xayron bo‘lib ayoldan so‘rabdi:
— Nimaga rozi bo‘lmadiz? 1 soatda 1000$ ishlab olardiz, - desa. Ayol:
— Aka siz kim bo‘lib ishlaysiz?
Erkak:
— Traktorist.
Ayol:
— Mana qarang, siz dam olishga keldiz. Hozir sizga traktorda yer haydab bering deyishsa, nima javob berardiz? Erkak:
— Traktorda ishlashdan charchab dam olgani kelganman, ishlagani emas, derdim.
Ayol:
— Men ham charchab dam olgani kelganman, - dermish.
Yarim kechasi telefon jiringladi.
— Ha, uxlayapsanmi?
— Ha
— Uxlayotgan bo‘lsang, uxla-da, nega telefonni ko‘tarasan?!
Mulla Nasriddin,- dedi bir laqma, — nima uchun qulog‘im ikkita-yu, og‘zim bitta?
— Ko‘proq tinglash uchun qulog‘ing ikkita,— javob berdi Afandi,— agar og‘zing ham ikkita bo‘lganda, odamlarning miyasini qoqib qo‘liga berarding!
Xotin eriga kurortdan telefon qilmoqda.
— Bu yerda bir oy dam olib, yarim vaznimni yo‘qotdim. 100 kilodan 50 kiloga tushdim. Yana qolsam maylimi?
— Yana bir oy qolaqol.