Qorong‘u kechada "Odno"ga kirib,
Onlayn turgan qizdan ismini so‘rayman.
Ul qiz uyalib, boshini egib,
Aslida men o‘g‘il bolaman deydi.
Ayollar erlarini gapini faqatgina bir holatda diqqat bilan tinglashadi:
Eri telefonda past ovozda "kim bilandir" gaplashayotganida.
— Maksim Galkin, xotiningiz Alla Pugachyova bilan urishib turasizmi?
— Yo‘q, aslo urishmaymiz.
— Buni siri nimada?
— Xotinlarni bahonasi bitta! "Yoshligimni xazon qilding!" deb aytadi eriga. Meni xotinim umuman bunaqa demaydi!
Bir erkak taksida uyiga qaytayotsa, avtobus bekatida xotini turganini ko‘rib qolibdi.
Erkak taksi haydovchisiga:
— To‘xtatib yuboring, - debdi-da, mashina oynasini ochib xotiniga:
— Yaxshi qiz! Tanishsak bo‘ladimi? – deb baqiribdi.
Xotini erini ko‘rishi bilan yugurib kelib taksiga, erini yoniga o‘tirib olibdi va “Haydang!” debdi.
Hech narsadan xabari yo‘q haydovchini og‘zi ochilib qolgan ekan.
Qimmatbaho mo‘ynali palto sotib olgan ayol sotuvchidan so‘rayapti:
— Bir narsa iltimos qilsam maylimi? Paltoni uyga eltib berishganda, menikiga kirishdan oldin “adashib” qo‘shnimning eshigini taqillatishlarini xohlardim.
Afandi bozordan go‘sht olibdi-yu, kabob qilishni bilmasmush.
Qassob odam bir qog‘ozga kabob tayyorlash usulini yozib afandiga beribdi.
Yo‘lda afandining qo‘lidan itlar go‘shtni olib qochibdi. Afandi bo‘lsa itlarni orqasidan "Qog‘oz menda qoldi-ku tentaklar!" dermish.
Bir donishmand g‘iybatchilarga qaratib shunday debdi:
Aytaylik, sen yomonlayotgan odamning obro‘si to‘kildi. Lekin to‘kilgan obro‘ seni yo‘q obro‘ingga kelib qo‘shilmaydi-ku!?
Akula bolasi onasidan so‘rabdi:
— Ona, nega biz odamni yeyishdan avval suvda uni atrofida uch martta aylanamiz? Darrov yeb qo‘ysak bo‘lmaydimi?
Onasi debdi:
— Darrov yeb qo‘ysang, oshqozoningda baqiraverib jonga tegadi. Avval suvda baqirib olsin, keyin yeysan!
Kredit - piyolaga quyilgan choyga o‘xshaydi.
Avval qaynoqqina bo‘ladi. Odamga yoqadi. Keyin muzdek bo‘ladi. Ichgan sari muzlatadi.
Ayol kishiga birorta ko‘ylak yoqib qolsa-yu u ayolga kattaroq bo‘lsa, 1 oydan keyin ayol qomatini o‘sha ko‘ylakka moslashtirib oladi.