— Yur, aylanib kelamiz.
— Bormayman. Oyoqlarim og‘riyapti.
— Nima bo‘ldi?
— Yoshim 40 dan oshdi.

Bir ayol hikoya qiladi:
— To‘rt yoshli qizim shkafni ochib, kiyimlarni titaveradi. Bugun uni qo‘rqitdim,
— Shkaf ichida yomon amaki bor, ochsang seni o‘g‘irlab ketadi, deb.
Kechki payt erim bilan ovqatlanib o‘tirsak qizim yugurib kelib:
— Oyi, oyi! Shkaf ichidagi amaki ketdimi? deb so‘rasa bo‘ladimi!
Erimga tushuntirgunimcha bo‘larim bo‘ldi!...

Lo‘lilar kaftingizni ochib ichida pul ko‘rsa, bo‘ldi!
Hayotingiz faqat baxtdan iborat bo‘lishini aytib berishadi.

Bemor shifokor ko‘rigidan o‘tdi.
— Xo‘sh, menda qanday kasallik bor ekan?
— Sizda istagan kasallik: oddiy tumovdan tortib juda kam uchraydigan yurak nuqsoni ham bo‘lishi mumkin... Hammasi sizning moddiy ahvolingizga bog‘liq.
Ajoyib hayolparast ko‘chada bitta taqa topib olib o‘ziga-o‘zi debdi:
Ana endi 3 ta taqa bilan 1 ta ot bo‘lsa bo‘ldi!
Yosh bola bir qog‘ozni qora rangga bo‘yab, 3 ta qizil nuqta qo‘yibdi.
Bog‘cha opasi:
— Nima bu? - debdi.
— Uchta negr sigaret chekib o‘tiribdi, - debdi bolakay.
Telefon qo‘ng‘irog‘i jiringlaydi:
— Valiyevmisiz?
— Nima edi?
— Ha yoki yo‘q deng!
— Ha yoki yo‘q.
— Ikki oy parhezda o‘tirdim.
— Xo‘sh, anchasini yo‘qotdingmi?
— Roppa-rosa 2 oyni yo‘qotdim.
Kichkina bir chumoli go‘rkov bo‘lib ishlar ekan.
— Bir kuni fillar kelib do‘stimiz o‘ldi, go‘r qazib berasanmi? - deyishgan ekan.
Yo‘l patrul xizmati xodimi haydovchini to‘xtatib tekshirsa, mast ekan.
— Hurmatli haydovchi! Sizning mast ekaningizni tasdiqlash uchun biz bilan ekspertizaga borishingizga to‘g‘ri keladi, - debdi.
Haydovchi:
— Mast emasman axir! To‘rttaloving meni sudrab ham olib borolmaysanlar, - dermish.