Haydovchi ertalab soat 4 da yo‘lda ketayotsa, YPH xizmati xodimi daraxt orqasidan yugurib chiqib, mashinani to‘xtatibdi.
— Erta tongdan qayoqqa ketyapsiz hurmatli haydovchi. Hamma odamlar uxlab yotibdi. Shubhali...?!
— Men ham shuni aytaman. Hamma odamlar uxlab yotganda siz daraxt orqasida nima qilib turibsiz?!
— Bu nima qilganing?! Yonimdan aylanib o‘tsang bo‘lmasmidi?! - baqiribdi semiz kishi. Motosikl haydovchisi:
— Kechirasiz, sizni aylanib o‘tish uchun benzinim yetmay qoldi, - dermish.
Bu yil mendan hamma beva ayollar turmush o‘rtoq sovg‘a qilishimni so‘rashdi.
Nima emish!? Chol bo‘lsa ham mayli, ichmasa, chekmasa, urmasa, saxiy bo‘lsa, kifoya deyishibdi.
Eh, axir men ularni barchasiga uylana olmayman-ku!
Mirsaid qizi Gulmiraxon, Abdullajon o‘g‘li Azamatga turmushga chiqishga, u bilan borlikda ham, yo‘qlikda ham, salomatlikda ham, kasallikda ham, mastlikda ham, tetiklikda ham, chiroq, gaz, suv borligida ham, puli tugab o‘chib qolganida ham, kredit to‘langanda ham, to‘lanmaganda ham, kvartirada ham, o‘z uyingizda ham birga yashashga rozimisiz?
— Ahmedov, ayt-chi! Yorug‘likni tezligi kattami yoki tovushnimi?
— Tovushni tezroq...
— Nega?
— Oylik maoshim oshadi deb adam aytganlariga ancha bo‘ldi, lekin haliyam yorug‘lik chiqmadi.
Ikkita eshak uchrashib qolibdi.
— Ishlaring yaxshimi?
— Yaxshi. O‘zingniki-chi?
— Xo‘jayinim o‘g‘lini har kuni so‘kadi. Xotinini va meni aralashtirmasdan so‘ksa bo‘ladi-ku!
Savol: Svet o‘chib, yonaversa xolodilnik tezroq ishdan chiqadimi? Yoki kompyutermi?
Javob: Odam.