Alkash odam do‘konga kirib sotuvchiga:
— Bir tomchi aroq qancha turadi? - desa, sotuvchi:
— Hechqancha, - debdi.
Alkash unga:
— Bir stakan aroq tomchilatib bering! - dermish.

Bozorda qari onaxon baliq sotuvchisini yoniga kelgan:
— Bolam, balig‘ing yangimi? - deb so‘rasa, sotuvchi:
— Yozib qo‘yibdi-ku, tirik baliq deb onaxon, - debdi.
Onaxon unga:
— Men ham tirikman bolam, lekin yangi emasman, - debdi.
— Nimaga Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurash biznikiga qaraganda yaxshi natija berib kelmoqda?
— Chunki Xitoyda buning uchun budjetdan pul emas o‘q-dori ajratishadi.
Ikkita piyonista ichib olib, ketayotsa oldidan ko‘zgu chiqib qolibdi. Ko‘zguda o‘zini aksini ko‘rib biri ikkinchisiga, “Do‘stim shu ketishda ichaversak, 10 yildan keyin ko‘rinishimiz shu ahvolda kelib qoladi-yov”, - dermish.
Jamoamiz juda ahil!
Ba’zi xodimlar mukofot pulidan umid qilib ish bo‘lmasa ham yarim tungacha ofisda bekor o‘tirishadi. Ayrim xodimlar ko‘chadagi biznesidan ko‘proq pul ishlashi mumkinligini bilib, kech qolmasdan o‘z vaqtida ishdan chiqib ketishadi.

"Tilla ovi" ko‘rsatuvida sobiq sevgan qizlarini birma-bir ismini sanab bergan va yutuqni qo‘lga kiritgan mashhur aktyorni xotini bir kun arazlabdi. Lekin onasini uyiga ketib qolmabdi.

Ikkita vrach suhbatlashmoqda:
— Bilasizmi, men bemorimda ultratovush tekshiruvi o‘tkazib shunday diagnoz qo‘ydimki, u 1 oydan ortiq yashamasa kerak deb o‘ylagandim. 1 yil o‘tdi, soppa-sog‘ yuribdi...
— Ko‘rdingizmi? Inson yashashni istasa, siz bilan meni diagnozlarim bir tiyin ekan.
Yarim tunda xilvat ko‘chadan ketayotgan sportchi yigitni oldidan 2 ta bezori chiqib, “Kurtka bilan soatni yech!” deyishibdi.
Sportchi yigit bezorilarni biridan kurtkasi, ikkinchisidan soatini yechib olibdi.
Er xotiniga debdi:
— Endi sen bilan hech qachon janjallashmaslikka qaror qildim.
Xotin bo‘lsa jig‘ibiyron bo‘lib:
— Nima? Qaror qilganmush! Oldin mendan bir og‘iz so‘radingizmi?

Nimaga yangi paypoqlarni bir-biriga birlashtirish uchun tikilgan ip paypoqni o‘zidan ko‘ra pishiqroq bo‘ladi?!