Bir kuni shifoxonaga bir bemor kelibdi. Uni hamma yog‘i tirnalgan, shilingan, qontalash ekan.
— Sizga nima bo‘ldi? - debdi shifokor.
— Meni ari chaqib oldi, - javob beribdi bemor.
— Ari chaqsa, shu ahvolga tushasizmi??? - so‘rabdi yana shifokor.
— Axir men tok ustida uzum uzayotgan paytimda chaqdi ari, - degan ekan bemor.
Bir kuni quyon bilan ayiq tish sindirishdan garov bog‘labdi.
Quyon ayiqni bir ursa, ayiqni 4 ta tishi to‘kilib tushibdi.
Ayiq quyonni ursa, 2 dona tishi tushibdi. Shunda quyon kulib "Boshqa yo‘q!" dermish.
Harbiy xizmatga kelgan askarlardan komandir so‘radi:
— Mana, bugun sizlar uchun harbiy xizmatdagi birinchi kun. Sizlarni har xil ishlarga taqsimlaymiz.
Oralaringda biron nima pishirishni biladiganlar bormi?
— Men.
— Qayerda ishlagansan?
— Zavodda.
— Nima pishirgansan?
— Asfalt.
Bir kichkina qizcha uzun arqonni sudrab yurganmish.
Onasi:
— Qizim, nimaga ipni sudrab yuribsan? - desa:
— Endi sudrab yurmay, itarib yuraymi? - degan ekan qizcha.
Xotin eriga:
— Mensiz nima qilgan bo‘lardingiz-a? - deb javrasa, eri kulib turganmish.
Xotini jig‘ibiyron bo‘lib:
— Nega doim shunaqa desam kulasiz? - desa, eri:
— Xotin shoshmay tur! Biroz shirin hayol surishga ham qo‘ygin-da axir! - debdi.
Bir mast odamni qo‘lidan bir dona sigareti yerga tushib ketibdi.
Piyonista sigaret qutisidagi qolgan hamma sigaretlarni yerga tashlab "Boringlar, anavi daydini olib kelinglar" debdi.
Bir mashhur chet ellik yulduz ko‘chada kimdandir qochib ketayotsa, oldidan ichki ishlar xodimi chiqib qolibdi:
— Kimdan qochyapsiz? Nima bo‘ldi? - desa, haligi mashhur yulduz:
— Yordam bering komandir! Meni bezorilar quvlab kelishyapti, - debdi.
— Mana bu yoqda, kelinglar tezroq bu yoqqa, - deb baqiribdi xodim.
Ba’zi kishilar suhbat paytida siz bog‘dan kelsangiz, u padvaldan yugurib chiqadi.
Bir kuni er ko‘chadan xovliqib kelib:
— Xotin kiyimlaringni kiy! Men katta pul topib oldim! Endi millionerman! - desa, xotini:
— Hozir adasi, chiroyli kiyimlarimni kiyib chiqaman. Aylanishga boramizmi? - debdi.
Eri bo‘lsa:
— Nimani kiysang kiy! Oyingni uyiga ketasan! - degan ekan.
Umrimda birinchi martta xorijga dam olish uchun koronavirus sababli bora olmayapman!
Oldinlari pulim yo‘qligi uchun bora olmasdim.