Telegram
1 soat avval

— Adasi, yana ovqat yeysizmi?
— Ha, albatta. Axir shuncha mehnatim ketgan.
— Qanaqa mehnat? Ovqatni men tayyorladim-ku?!
— Men xotin tanlashga deyapman.

Telegram
1 soat avval

— Doktor, men gripp bo‘lib qoldim. Qanday maslahat berasiz?
— Mendan nariroq turing!

Telegram
1 soat avval

GAI xodimining og‘ir oyoq rafiqasi turmush o‘rtog‘i bilan xizmat mashinasida ketayotib, xotinining ko‘zi yoriydigan bo‘lib qolibdi. Tug‘ilayotgan farzandlari egizak ekan. Xasan tug‘ilib, dadasiga ko‘zi tushibdi-yu, shunday deb qichqiribdi:
— Husan, chiqmay tur! Gaiga tushib qoldik!

Telegram
3 soat avval

Ikkita yosh qiz kafega kirib ofitsiantga deyishibdi:
— Bizga ichishga 2 ta kafe olib keling.
Ofitsiant:
— Sizlarga kofe olib kelishim mumkin, lekin kafeni olib kela olmayman.
— Yo‘q! Bizlarga kafe olib keling!
— Yaxshi qiz sizlarga kafeni berib yuborsam, keyin men qayerda ishlayman? – degan ekan ofitsiant.

Telegram
1 soat avval

Kambag‘alchilik qurib ketsin, qachongacha tomi yo‘q mashina-yu, tugmachasiz telefon ishlataman?!

Telegram
1 soat avval

Qurilishga yer so‘rab kelgan tadbirkor rahbarning ish stolida turgan ikkita yozuvga ko‘zi tushibdi:
“Chekish man etiladi” va “Pora olmayman”.
Tadbirkor sekin gap boshlabdi:
— Menga yer kerak. Tezroq qurilish boshlamoqchi edim. Bunga katta miqdorda pul ham yig‘ib qo‘yganman... Ammo, avval sizning ruxsatingiz kerak ekan...?
Bu gapni eshitgan rahbar “Chekish man etiladi” degan yozuvni sekin stolni tagiga olib qo‘yibdi-da:
— Keling, avval chekib olsak-a? – degan ekan.

Telegram
1 soat avval

Bir qiz sevgan yigitiga debdi:
— Agar men olamdan o‘tsam, nima qilasiz?
Yigit:
— Qiziqsan-a? Qachon ko‘rgansan, jodugarni o‘lganini?!

Telegram
3 soat avval

Bog‘chada ikkita bolakay o‘yinchoq mashinani olib tortishmoqda:
— Bu meni mashinam. Uni men haydayman!
— Yo‘q, meni mashinam. Men haydayman!
Tarbiyachi ularni tinchlantirib debdi:
— Bo‘ldi urishmanglar. Mana, Sardorni qaranglar, mashinani talashmayapti...
Sardor bo‘lsa:
— Kaliti menda-ku, o‘zim haydayman-da baribir... – dermish.

Telegram
5 soat avval

Ko‘chada ketayotgan qizga kelishgan bir yigit “gap otibdi”:
— Yaxshi qiz, dam olish kunlari bo‘shmisiz?
Qiz nozlanib:
— Ha, - debdi.
Yigit bo‘lsa:
— Go‘zallik saloniga borib tursangiz bo‘lmaydimi?! – degan ekan.

Telegram
3 soat avval