Bir kuni afandi kabobxonani yonidan o‘ta turib, kabobdan chiqayotgan tutun hidini hidlabdi. Ziqna kabobpaz “Seni bir boplay!” deb afandini to‘xtatib, unga do‘q uribdi:
— Kabobdan chiqayotgan tutunni hidlaganing uchun pul to‘la! – desa, uddaburon afandi cho‘ntagidan tangalarini chiqaribdi-da, “jaranglatib-jaranglatib” yana cho‘ntagiga solib yo‘lida ketavergan ekan.

Xilvat ko‘chadan yurib ketayotgan kishining orqasidan kimdir:
— To‘xta! Pullaringni chiqar! – deb pichoq tirabdi.
Haligi kishi o‘girilib:
— Pulim yo‘q. Chunki hozirgina hamma pulimni sarflab, mana bu to‘pponchani sotib oldim, - degan ekan.

Ikki abituriyent institutga hujjatlarini topshirib bo‘lib, uyga qaytishda kechki ovqatga tovuq olish uchun do‘konga kiribdilar. Qarashsa, tovuq va tuxum sotayotgan sotuvchi rus ayol ekan.
— Sen rus tilini bilasanmi? – so‘rabdi do‘sti.
— Yo‘q, - debdi sherigi.
— Mayli, hozir shoshmay tur! – deb, sotuvchini yoniga boribdi-da, tuxumni ko‘rsatib “Mama gde?” – debdi do‘sti.

Er xotinidan so‘rabdi:
— Agar sen erkak bo‘lsang, nima qilarding?
Xotini:
— O‘ziz-chi? – debdi.

Afandi bozordan ikki qop tuz olib eshagini ustiga ortib, o‘zi ham minib kelayotsa, yo‘lda ko‘rganlar “Hoy afandi, insofing bormi? Ikki qop tuz, yana o‘zing ham minib olibsan! Rahming kelsin”, desa, “Ha to‘g‘ri aytasiz birodar deb eshakdan sakrab tushib, eshakdan qoplarni yelkasiga ortib, qayta eshakka minib ketibdi.

Armiyada komandir askarlarga qarata:
— Kim musiqani yoqtiradi?
Uchta askar “Men” deb oldinga chiqibdi.
Komandir:
— Yaxshi, unaqada sizlar mana bu fortopianoni 4-qavatga olip chiqib berasizlar, - debdi.

Er xotiniga baqirdi:
— Tamom, sen bilan ajrashaman! Menga xiyonat qilding!
— Nega menga baqirasiz? Sizga xiyonat qilmadim! Kecha e’tiboringiz uchun dugonam Adolatnikida tunaganman, tuzukmi!?
— Yolg‘on gapirma, ojiza! Adolatnikida kecha men tunadim, seni u yerda ko‘rganim yo‘q!

Futbolga mukkasidan ketgan onaxondan intervyu olishyapti:
— Mana siz ayol kishi. Qanday qilib bunchalik futbol ishqoboziga aylangansiz?
Onaxon ko‘p o‘ylamay, javob beribdi:
— Bolam, men aslida futbolga umuman qiziqmasdim. Shu, turmushga chiqqanimdan keyin bobong har kuni kechqurun futbolni ko‘rishga majburlardi. Men o‘yinni ko‘rib, kim gol urdi, kim kartochka oldi, hamma tafsilotlarni yozib olardim. Ertalab bobongiz men yozganlarni o‘qib olardilar.
— Ie, nega bunaqa qilardilar?
— Choyxonaga borganlarida o‘rtoqlariga gap bermay, vaysash uchun-da...
— Onaxon, yaxshi-yam choyxonadagi muhokamaga sizni olib bormas ekanlar. Bo‘lmasa hozir boshqa chol bilan yashayotgan bo‘larmidingiz...?!

Rahbar xodimidan so‘rabdi:
— Ikki kundan beri sizni ko‘rmayapman! Nega ishga kelmayapsiz?
— O‘troq boshliq, men ishga kelyapman. Men kelgan mahal ixshonada hech kim bo‘lmayapti?!?!