Erkaklar haqida latifalar

Tug‘ruqxonadagi ayolni yoniga farishta kelib:
— Farzandingni dunyoga keltirayotganingda senda bo‘ladigan og‘riqlarning yarmini bolaning otasiga o‘tkazib qo‘yaman, - debdi.
— Tunda ayol farzandini dunyoga keltirib bo‘lgach, tongda uni ko‘rgani kelgan eriga:
— Adasi, kechasi yaxshi uxladingizmi? - desa, eri:
— Yo‘q, qo‘shnimiz Normat aka kechasi bilan baqiraverib, umuman uyqu bermadi, - dermish.
Ikki do‘st suhbati:
— Nega xomushsan?
— Xotinimni ilon chaqib olgandi, o‘lib qoldi, bechora. Rahmim kelyapti.
— Sen xotiningni yomon ko‘rarding-ku! Nega achinyapsan?
— E-e-e... o‘lgan xotinim emas, ilon-da!
To‘ydan keyin kelin ma’yus ohangda:
— Har kuni ovqat pishiraman, kir yuvaman, supuraman, tozalayman, dazmollayman, ... O‘zimni ertakdagi Zumraddek his qilyapman, - desa, eri:
— Aytgandim-ku, myenga turmushga chiqsang, ertaklardagidek yashaysan deb, - dermish.
Sudya xotini cho‘kib ketgan erkakni so‘roq qilmoqda:
— Nega xotiningizni cho‘kib ketayotganini bila turib, qutqarishga harakat qilmadingiz?
— Men uni cho‘kayotganini bilmadim. U har doimgidek baqirar edi...
— Doktor, tushimda men odamxoʻr emishman. Oʻzimga oʻxshaganlar bilan bir qabila boʻlib yasharmishman. Bir kuni huddi xotinimga oʻxshagan ayolni yeb qoʻyibmiz.
— E, havotirga oʻrin yoʻq. Tushga nimalar kirmaydi deysiz?!
— Toʻgʻri-ku-ya, lekin uch kundan beri xotinimni topa olmayapman...
Baliq ovlab o‘tirgan odamni oldiga timsoh suzib kelib,
— Ov qalay bo‘lyapti, ilinyaptimi?, - deb so‘rabdi.
— Ha yo‘q. Ertalabdan beri o‘tiribman. Bitta-yam ushlolmadim, omadim kelmayapti, - deb javob beribdi.
Shunda timsoh baliqchiga qarab:
— Kun ham qizib ketdi. Balki cho‘milib olarsan-a, - dermish.
Yarim kechasi kiyimsiz, yalong‘och odam barga kirib, aroq so‘rasa, sotuvchi unga qarab turganmish.
Shunda boyagi odam:
— Nima?, Yalong‘och odam ko‘rmaganmisan?, - desa, barmen:
— Yo‘q, shunchaki, pulni qayerdan olib berishingizni o‘ylayapman, - dermish.
Bir kuni eri uyiga ichib kelibdi. Xotinini yonida yotib:
— Xotin, bor suv olib kel, - deyaveribdi. Xotini eriga:
— Xozir tinch uxlamasangiz oqlov bilan uraman, - debdi.
Eri:
— Oqlovga borganda suv ham olib kel! - degan ekan.
Bog‘da bir yigit yonida o‘tirgan notanish qizni o‘pib olibdi. Hech qanday qarshilik bo‘lmagach, u qizni yana o‘pibdi-da, hayron bo‘lib so‘rabdi:
— Nega indamay o‘tiribsiz?
— Oyim hech qachon begona erkaklar bilan gaplashmagin deb tayinlaganlar.
Bir yosh fermer yigit uylanibdi. Har kuni daladan kelib, kelinchakka “U joyni haydatdim, bu joyni egat oldirdim”, deb uxlab qolar ekan. Bir kuni fermer kechqurun kelib, kelinchakka yana oʻsha gaplarini gapirayotgan ekan, kelinchak toʻsatdan:
— Men ham yerni ijaraga berib yubormoqchiman, - dermish.