Jinnilar haqida latifalar

Bir jinni jinnixona tomiga chiqib olib tushmayotgan emish, jinnixona xodimlari nima qilishsa ham jinni pastga tushmabdi. G‘azablangan jinnixona boshlig‘i:
— Tush, bo‘lmasa otaman, deb miltiq o‘qtalsa ham tushmabdi. Shu payt o‘sha yerdan bir jinni o‘tib ketayotgan ekan, boshliq unga:
— O‘rtog‘inga ayt pastga tushsin, - debdi.
O‘tib ketayotgan jinni, miltiqni olib:
— Pastga tushmasang otaman - degan ekan tomning boshida o‘tirgan jinni darrov pastga tushibdi.
Undan, shuncha odam aytganida tushmay nega jinni aytganida tushding deyishsa:
— Ahir u jinniku, rostdan otib qo‘yadi - dermish.
Jinnixonada bir jinni hammani qo‘rqitmoqda:
— Hozir barchangni integrallab, differensiallab tashlayman! Hamma jinnilar vahimaga tushgancha qochib ketishibdi. Faqat bittasi jim turganmish. Undan so‘rashibdi:
— Sen qo‘rqmaysanmi?
— Yo‘k, men "ye" darajasi "iks"man!
Ikki jinni avtobus bekatda turibdi. Biri ikkinchisidan so‘radi:
— Sen qaysi avtobusni kutvosan? 6-avtobusni.
— Men bo‘lsam 5-avtobusni kutvoman..
— Vooooy, qara 65-avtobus kevotti. URA birga ketarkanmiz!
Bir tentakroq odam suvda cho‘kayotgan kishini qutqarib olibdi.
Oradan ko‘p o‘tmay odamlar tentakni yoniga kelib:
— Siz uni suvdan qutqarib olgan edingiz, u bo‘lsa o‘zini osib o‘libdi, - desa, tentak:
— Iye, o‘lib qolibdimi? Men uni qurisin deb daraxtga ilib qo‘ygandim, - dermish.