Oʻqish-maktab haqida latifalar
Barcha talabalar imtihon javoblarini topshirib ketishibdi. Haligi talaba hali ham tanga tashlab o‘tirganmish. Domlani sabri chidamay, talabani yoniga borib:
— Imtihon vaqti tugadi. Javoblarni belgilashga ulgurdingizmi, - desa, talaba:
— Ha ulgurdim, - debdi, - qayta tekshirib chiqyapman, - dermish.
— Fransiya - Prussiya urushi haqida nima bilasan?
O‘quvchi o‘rnidan turdi, lekin undan sado chiqmadi.
— Nega gapirmayapsan?
— Dadam urush-janjalga aralashma deganlar.
— Tur Anvar! Yerni shakli qanaqa?
Anvar:
— Uchburchak, ustoz.
— O‘tir ikki!!!
— Mayli ustoz, yer dumaloq! Hali ko‘ramiz...!
— Kim maktabdan keyin institutga kirishni xohlaydi?
Hamma bolalar qo‘lini ko‘taribdi. Faqat bitta o‘quvchi ko‘tarmas emish.
Ustozi undan:
— Nega sen ko‘tarmayapsan? – deb so‘rasa, o‘quvchi:
— Oyim maktabdan keyin to‘g‘ri uyga kelgin deb tayinlaganlar, - degan ekan.
— Ayt-chi, bir xalta tilla va bir xalta aql turibdi. Qay birini olasan?
Abdulla:
— Albatta tillani, ustoz!
— Men aqlni tanlagan bo‘lardim.
— Kimga nima kamlik qilsa, shuni tanlaydi-da ustoz!
— "Ovchi miltiq o‘qladi" - degan gapni kelasi zamon fe’lini topchi, - desa.
Haligi bola:
— Gumburrr-gummbuurrr, - dermish.
— Qani Sardor ayti-chi, katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Sardor:
— Katta bo‘lsam, millioner bo‘laman! Pulim ko‘p bo‘ladi. Xotinimga mashinalar, qimmatbaho kiyim-u, taqinchoqlar olib beraman. Uni yevropaga dam olgani yuboraman. Aytgan narsasini olib beraman, - debdi.
— Sen-chi Alisher, katta bo‘lsang kim bo‘lasan? - so‘rabdi ustozi.
Alisher:
Sardordi xotini, - dermish Alisher.
“Qattiq yomg‘ir yog‘ayapti. Maydon sirpanchiq. O‘yin qoldirildi”.
— Nimaga aynan bizni universitetni tanladingiz, - deb
Talaba javob beribdi:
— Qo‘ysangizchi dada bunday savollarni...
Hurmatli talaba, institut, universitet va akademiyalar hududida "SESSIYa" xavfi kutilmoqda. Ayrim fanlardan stavka tezligi 200 ming so‘mgacha oshishi va buni eshitib sizni mazangiz qochishi mumkin. Pulsiz talabalar uchun QAYTAOPASNO bo‘lishi mumkin. ESLATMA: Harajatsiz harakat darajasi - 0 ga teng!