Ovchi-baliqchi haqida latifalar

Ovchilar guruhi yosh yigitni ishga olishibdi.
— Qayerni bitirgansan? Miltiqdan otishni bilasanmi? - so‘rashibdi undan ovchilar.
— Vestminsterni bitirganman! Miltiqdan otishni bilaman, - debdi yosh yigit.
— Bugun ayiq ovlashga boramiz. Yodingda bo‘lsan, ayiqni ko‘rishing bilan shtab tomonga qochasan. Ayiq seni quvlaydi. Shtabga yetib kelganda o‘q uzasan! - debdi ovchilar boshlig‘i.
— Xo‘p, - debdi yigit.
Ov boshlanibdi. Ayiqni ko‘rgan yigit qocha boshlabdi. Ayiq uni quvlabdi. Lekin yuguraverib charchagan yigit ayiq tomonga o‘girilib, shartta uni otib tashlabdi.
Buni ko‘rgan ovchilar boshlig‘i:
— Aqlli ekansan! Nishonga ham yaxshi olarkansan! Lekin yugurishing yomon! Endi shtabgacha ayiqni o‘zing sudrab ketishingga to‘g‘ri keladi! - degan ekan.
Afandi daryoda cho‘milayotgan edi, to‘r tashlayotgan baliqchilarni ko‘rib qoldi. Afandi sho‘ng‘ib borib to‘rga kirdi. Baliqchilar to‘rga juda katta baliq ilindi degan xayolda to‘rni tortib olishdi, qarashsa, Afandi iljayib o‘tiribdi.
— Afandi, bizni laqillatib, to‘rda nima qilib yuribsiz?— deyishdi baliqchilar.
— Juda ko‘p yillardan beri baliq bo‘lib, to‘rga tushishni orzu qilib yurar edim, armonda ketmay dedim,— javob berdi Afandi.
Oltin baliq tutib olganimda “Hamisha pulga ko‘milib yuray”, deb tilak bildirgandim. Shundan beri inkassator bo‘lib ishlayapman. Maoshim ozligini aytmasa, tilagim to‘la amalga oshdi.
Uchta baliq choʻmilgani borishibdi. Ikkitasi choʻmilayotsa, uchinchisi suvga tushmasdan oʻtirganmish.
— Sen nega choʻmilmayapsan? - deb soʻrashsa, baliq:
— Meni kupalnigim qolib ketibdi, - dermush.
G‘ulomjonning ikkita balig‘i bo‘lgan ekan.
Bir kuni baliqlari soyga cho‘milgani borib, oqib ketibdi.
Ortiq bilan Zokir baliq oviga chiqishibdi.
— Ortiqboy, shu suv parisi baliqmikin yoki ayolmi?
— Ha endi Zokirboy, bu suv parisini tutgan odamning xohshiga bog‘liq...
— Agar sizni qarmog‘ingizga ilinsa, nima qilardingiz?
— Nima qilardim? Qovurib yerdim.
— Ha... Odamni yoshi o‘tgan sari xohishi ham o‘zgarar ekanda-a???
Bir kishi tilla baliq tutib olibdi.
— Tila tilagingni, - debdi baliq.
— Toshkentdan Chimyonga bir zumda olib chiqadigan yo‘l qurib ber, - debdi haligi odam.
Baliq:
— Boshqa osonroq narsa so‘ragin! - desa, boyagi kishi:
— Xotinimni hecham tushunmayman. Har kuni kayfiyati har xil. Shu xotinimni tushunadigan qilib qo‘ygin, - desa, baliq:
— Chimyonga boradigan yo‘lni qachonga bitkazib beray? - dermish.
Bolakay onasidan so‘rabdi:
— Nega dengizning suvi sho‘r?
Onasi debdi:
— Baliqlar sasib qolmasligi uchun tuzlab qo‘yishgan bolam...
O‘ta ishqiboz baliq ovlaydiganlarning musobaqasi bo‘libdi. Mahalliy radioning muhbiri g‘oliblar bilan suhbatlashmoqdalar.
Birinchi bo‘lib 3-o‘rinni egallagan bilan:
— Marhamat, o‘zingizni tanishtiring, qanday qilib bu yutuqqa erishdingiz?
— Men tuman markaziy shifoxonasida jarrohman, odamlarni operatsiya qilib olib tashlangan apendeksni, qarmoqqa ilib baliq ovladim, baliqlarning kattasidan belgilangan vaqtda 12tasini (27 kg) tutdim 3— o‘rin berishdi.
Ikkinchi bo‘lib 2-o‘rinnni egallagan bilan:
— Marhamat o‘zingizni tanishtiring, qanday qilib, bu yutuqqa erishdingiz?
— Men ham vrach, ammo men angina bilan og‘riganlarning glandasini olib tashlayman. Qarmoqqa glandadan qo‘ygandim, 15ta katta baliqlardan (35kg) tutdim, 2-o‘rinni berishdi.
Uchinchi bo‘lib 1-o‘rinni egallagan bilan:
— Menimcha siz ham vrach bo‘lsangiz kerak, aytib bering qanday qilib bu yutuqqa erishdingiz?
— Yo‘q, men vrach emasman, umuman o‘qimaganman, ustaman chipron to‘ylarida xatna qilaman. Men qarmoqqa xatna to‘yida ortiqcha deb olib tashlangan narsadan qo‘ygan edim, 25ta katta baliqlar (40 kg) ilindi. Xursandman 1-o‘rinni berishda, - dermish
Ikkita jinni baliq ovlab o‘tirsa, birini qarmog‘iga baliq ilinibdi. Shoshilib birinchi jinniga qarab:
— Endi nima qilamiz? - desa, ikkinchisi:
— Baliqni suvda dimiqtirib, o‘ldiramiz, - dermish.