Ayollar haqida latifalar

Bir ayol dugonasiga hasrat qilibdi.
— Voy, dugonajon! Men yaqinda suvarakka aylanib qolsam kerak...
— Nega?
— Erimga “Ozaman” deb so‘z bergandim. Endi faqat kechalari qorong‘u oshxonaga chiqib, berkinib ovqatlanyapman. Kimdir chiroqni yoqsa, o‘zimni qayoqqa qo‘yishni bilmay shoshib har tomonga yugurib qolaman.
22
Er ertalab uyqudan uyg‘onib, "Xotin!", - deb chaqirsa, xotini yugurib kirib:
— Turdingizmi azizim? – desa, eri jilmayib:
— Ha, turdim baliqcham! Nonushtani tayyorlang! - debdi.
Xotini ham jilmayib:
— Ho‘p bo‘ldi ayiq polvonim, - deb chiqib ketayotsa, eri o‘ziga-o‘zi pichirlab: "Nima balo u ham meni ismimni esidan chiqarib qo‘ydimikin”, - dermish.
40
Erining har kuni ichishini ko‘rgan ayoli “Men ham ichaman” deya harhasha qilibdi.
Er-xotin ziyofatdan ichib qaytishibdi. Uyining eshigi oldiga kelib, eri cho‘ntagidan kalitni topolmay tursa, xotini unga qarab:
— Odam bo‘lmay keting! Shunchalik ham ichasizmi?! Eshik qani? Nima qildiz o‘zi eshikni? –dermish.
23
Uzoq vaqt ko‘rmagan dugonamni uchratib qoldim.
— Qalaysan? Voy, namuncha semirib ketding? – desam, dugonam:
— Axir men 2ta farzandli bo‘ldim, - dedi. Shunda:
— Nima sen ularni yeb qo‘ydingmi? – deb yuboribman.
20
Mini yubkadagi qizlar shunchalar mag‘rurki, 50 ming so‘mlik puli yerga tushib ketsa ham olishmaydi...!
33
Ikkita yosh qiz kafega kirib ofitsiantga deyishibdi:
— Bizga ichishga 2 ta kafe olib keling.
Ofitsiant:
— Sizlarga kofe olib kelishim mumkin, lekin kafeni olib kela olmayman.
— Yo‘q! Bizlarga kafe olib keling!
— Yaxshi qiz sizlarga kafeni berib yuborsam, keyin men qayerda ishlayman? – degan ekan ofitsiant.
21
Qo‘shnimnikiga kirsam, xotini qo‘y go‘shtidan sho‘rva qilgan ekan. Meni ko‘rib ensasi qotdi.
— Adasi kelaqoling, ovqat pishdi, - dedi-da, eriga bir kosada sho‘rva, bir laganda go‘sht olib kelib yoniga qo‘ydi. Qornim och, nima qilishni bilmay, ichimda “Shoshmay tur!” deb tursam, qo‘shnim:
— Go‘shtdan oling, - deb qoldi. Lagandagi go‘shtga qo‘l uzatib bir bo‘lagini tishladim-u, “Voy-dod” deb yerga ag‘anadim.
Shu payt qo‘shnim meni ko‘rib qo‘rqib ketdi-da, xotiniga:
— Sen jodugar meni zaharlamoqchi bo‘ldingmi? – deb o‘dag‘aylab quvlab ketdi.
Sekin o‘rnimdan turdim-da, sho‘rva va bir lagan go‘ shtni paqqos tushirib “Ziqna bo‘lish shunaqa bo‘ladi!” deb uyimga jo‘navardim.
11
Ko‘chada ketayotgan qizga kelishgan bir yigit “gap otibdi”:
— Yaxshi qiz, dam olish kunlari bo‘shmisiz?
Qiz nozlanib:
— Ha, - debdi.
Yigit bo‘lsa:
— Go‘zallik saloniga borib tursangiz bo‘lmaydimi?! – degan ekan.
18
Bir qiz sevgan yigitiga debdi:
— Jonim, qachon menga mashina olib berasiz?
Yigit hayron bo‘lib:
— Bilishimcha, supurgida uchar edinglar. Mashinaga nima bor?! – dermish.
29
Ikki homilador qo‘shni ayol suhbatlashyapti.
— Siz nima kutyapsiz?
— O‘g‘il. O‘g‘il bola yaxshi-da! Erta kunda dadasini yoniga kirar ekan. Siz nima kutyapsiz?
— Men qiz kutyapman. Qiz yaxshi ekan. Erta kunda menga tayyor yordamchi!
Bularni suhbatini 5 yoshli qizaloq eshitib turgan ekan. Ko‘chaga chiqsa bekatda qorni katta amaki o‘tirgan emish. Qizcha so‘rabdi:
— Amaki, siz nima kutyapsiz, - desa, amaki:
— Avtobus, - debdi. Qizcha hayron bo‘lib:
— Voy!!! - dermish.
34