Bolalar haqida latifalar

— Dadamga o‘xshab 100 million maosh olishni xohlayman.
— Dadang shuncha maosh oladimi?
— Yo‘q, dadam ham shuni xohlaydi.
178
— Aytinglar-chi bolalar, olmani daraxtdan qachon uzamiz?
— Bog‘bon uxlaganda va iti bog‘lab qo‘yilganida.
116
— O‘g‘lim, bugun bog‘chada kim bilan o‘ynading?
— Faqat o‘g‘il bolalar bilan o‘ynab turaman hozircha.
— Nimaga?
— 8 mart o‘tib olsin!
114
Avvallari televizorni yoqish uchun kattalarni chaqirish kerak edi.
Hozir telefonni ishlatish uchun bolalarni chaqirish kerak.
219