Alkash odam do‘konga kirib sotuvchiga: — Bir tomchi aroq qancha turadi? - desa, sotuvchi: — Hechqancha, - debdi. Alkash unga: — Bir stakan aroq tomchilatib bering! - dermish.
Bozorda qari onaxon baliq sotuvchisini yoniga kelgan: — Bolam, balig‘ing yangimi? - deb so‘rasa, sotuvchi: — Yozib qo‘yibdi-ku, tirik baliq deb onaxon, - debdi. Onaxon unga: — Men ham tirikman bolam, lekin yangi emasman, - debdi.