Ba’zida shunday onlar bo‘ladiki, hayotingda katta o‘zgarishlar qilging keladi. Va..., yangicha shijoat bilan profilingdagi rasmni o‘zgartirasan. Endi sen o‘zgarganliging haqida bilib qo‘yishsin!
Ba’zi qog‘ozdagi hisobotlar strelkasiz soatga o‘xshaydi.
Raqamlar bor-u, ma’nosi yo‘q!
— Eshikni oching, MIBdan kelgandik.
— Ochmayman! Sizlardan juda hafaman!
Insonlarga ishonmasligimning sababi 2 ta:
1. Men ularni mutlaqo tanimayman.
2. U insonni men juda yaxshi bilaman.
— Eshitdingmi? Endi korrupsiyaga qarshi kurash emas, jang olib borilarkan...
— Ha! Jangda qurbonlarning mulklari jangchilarga qolib ketishini ham bilasanmi?!
Nega ko‘pchilik onalar instagramda farzandlarini yuzlarini berkitib qo‘yishadi-yu, kinozalga kirganda og‘zilari berkita olishmaydi.
— Agar senga katta pul evaziga ko‘chaga chiqib “Men badbasharaman” deb baqirib yurgin deyishsa rozi bo‘larmiding?
— Albatta! Badbashara bo‘lsam ham ahmoq emasman-ku!
Avvaliga enaga bilan bog‘cha opa aybdor. Keyin – tarbiyachi. Undan keyin – maktabda o‘qituvchi aybdor. Keyin esa – ishxonada rahbar! Sal keyin esa – xotin! Hammasiga aybdor o‘shalar. Erkaklarda o‘zi hech qachon ayb bo‘lmagan desa ham bo‘ladi...
Pul – insonga hech qachon vafo qilmaydi.
Ko‘chaga pul bilan chiqib ketasan, uyga nuqul yolg‘iz qaytasan!
— Ayrim raqamlarni ataylab, shu raqamdan bo‘ladigan qo‘ng‘iroqlarni ko‘tarmaslik uchungina telefonga saqlab qo‘yaman.