Uddaburonlar haqida latifalar

— Xotin nega ishonmaysan? Sendan keyin boshqa ayolni o‘lsam ham seva olmayman…
— Hammangizni ko‘rishga ko‘zim yo‘q!
109
Qiz yigitga qarab:
— Bitta topishmoq aytaman topsangiz sizga tegaman. Vaq-vaq qilib sakrab yuradi, suvni yaxshi ko‘radi.
Yigit: Sigir - topdimmi?
Qiz: Ha, to‘g‘ri topdingiz!
164
Bir odamnikiga kelgan mehmon juda surbet ekan - bir hafta turib qolibdi. Oxiri uy egasi unga sha’ma qilishga majbur bo‘libdi:
— Mehmon, bola-chaqalaringizni ham rosa sog‘ingandirsiz-a?
— Nimasini aytasiz! Ertaga hammalarini shu yerga chaqirmoqchiman.
138
Afandi yosh bola edi. Ko‘cha eshigi oldida non yeb o‘tirgan edi, bir kishi kelib, uni aldamoqchi bo‘ldi:
— O‘g‘lim, tuyani yaxshi ko‘rasanmi?
— Ha.
— Kel bo‘lmasa, noningni tuya qilib beray. Afandi bir nonga, bir haligi kishiga qarab dedi:
— Tuya eshigimizdan sig‘maydi. Qo‘yavering o‘zim bo‘taloq qilib olaman.
108
Bir kuni Afandi:
— Xotin, tanish mullabachchalar kelishdi, oshni katta qil,— dedi.
Xotini tajang bo‘lib o‘shqirdi:
— Uyingizda sichqonlar hassa tayanib yuribdiku, nimangizga mehmon boshlab keldingiz?
Afandi myehmonlar oldiga chiqib dedi:
— Xotinim behisiz osh yaxshi bo‘lmaydi deya yotibdi. Ulmay-netmay kuzga yetib olsak, xotinim otasinikiga borib behi olib keladi. Osh dam yeguncha bir aylanib kelinglar!
124
— Nima bilan shug‘ullanasiz?
— Men ayni damda odamlarni hayotdagi o‘rnini topishga yordam beraman.
— Ruhshunosmisiz?
— Yo‘q, taksi haydovchisiman!
93
Afandi bilan Vali bir boynikiga ziyofatga borgan ekan. Ziyofat chog‘ida Afandi ko‘z qiri bilan Vali tomon qarasa, Vali sekin tilla qoshiqni kostyumining ichki cho‘ntagiga solayotgan ekan.
Afandi biroz fursat o‘tkazib, o‘rtoqlar "men fokus ko‘rsatmoqchiman", deb hammani o‘ziga qaratib, davom etibdi:
"Hozir mana bu qoshiqni shundoq cho‘ntagimga solib, Valini cho‘ntagidan chiqarib beraman", - degan ekan.
125
Afandi eshagini haydab, bog‘iga ketar edi. Yo‘lda hazilkashlaridan biri hamroh bo‘lib so‘radi:
— Ikkalangiz shoshilib qayerga ketayapsiz?
— Mana, hozir ikkalangiz barobarlashdingiz, - dedi Afandi u bilan eshak orqasidagi masofani ko‘rsatib, - bir oz turib do‘stlashib ketasiz, o‘zidan so‘rang, qayerga borishini aytib beradi.
138
Afandidan birov so‘radi
— Afandi, muchalingiz nima, necha yoshga kirdingiz?
— Muchalim ajdar, ellikka kirdim.
— Muchalning ilon bo‘lishini eshitib yurardimu, ajdar bo‘lishini shu yoshga kirib, endi sizdan eshitishim,
Afandi tushuntirib berdi:
— Yoshligimda onam rahmatlik, sening muchaling ilon degan edilar. Hozir ellikka kirdim, ellik yil ichida har qanday ilon ham ajdar bo‘lib ketadi-da.
126
Voyaga yetgan yigit ota-onasiga:
— Oyijon, adajon! Bugundan boshlab men o‘zim alohida, mustaqil yashayman!
Ota-onasi:
— Juda yaxshi o‘g‘lim. Seni ulg‘ayganingdan xursandmiz, - deyishibdi.
O‘g‘li esa:
— Mana sizni narsalaringiz, yig‘ishtirib qo‘ydim, - dermish.
118