Yoshlar haqida latifalar

Ba’zi qizlar go‘zalmas. Ba’zi go‘zallar qizmas...
319
Chekka qishloqlardan birida yashaydigan 2ta qiz Toshkentga kelib, aylanib yurishib, o‘zlari tengi qizlarni sigaret chekayotganini ko‘rishibdi. Shunda qizlardan biri:
— Qara Guli, shaharlik qizlar bemalol sigaret chekib yurishibdi. Kel, biz ham sigaret chekamiz! — desa.
Unisi:
— Qo‘ygin, Sharapat, biz o‘zgarmaylik, — desa.
Dugonasi:
— To‘g‘ri aytasan Guli, qani nosdan ol, — dermish.
271
Bir yigit daryo bo‘yiga cho‘milishga kelibdi. Qarasa, yon-atrofda hech kim yo‘q. Yalong‘och bo‘lib cho‘milmoqchi bo‘libdi-da, kiyimlarini qirg‘oqqa yechib, suvga sho‘ng‘ibdi. Qaytib chiqib qarasa, qirg‘oqda kiyimlarini oldida bir qiz o‘tirganmish. Yigit nima qilishini bilmay, suv ichida suzib yuraveribdi-yuraveribdi. Muzlab qolay degan yigit oxiri daryo tubidan eski bir tog‘orani topib chiqibdi. Tog‘ora bilan o‘zini biroz berkitib, pana qilibdi-yu, qizning yoniga boribdi:
— Yaxshi qiz nima o‘qiyapsiz?
— Kitob!
— Qanday kitob ekan?
— Mantiq!
— Mantiq nima o‘zi?
— Mantiqiy fikrlash to‘g‘risidagi fan mantiq deyiladi. Odamni nima haqida o‘ylayotganini osongina topish mumkin.
— Unaqada ayting-chi, hozir men nimani uylayapman.
— Siz qo‘lingizdagi manavi tog‘orani tagi butun deb o‘ylayapsiz, yaxshi yigit!
242
Bo‘lg‘usi rafiqasi bilan uchrashuvga otlangan yigitga xolasi aql o‘rgatyapti:
— Sen qizga albatta 3 ta savol berishing kerak. Birinchi savol ro‘zg‘orga oid bo‘lishi shart. Ikkinchisi oila, uchinchisi esa falsafiy bo‘lsin, tushundimi jiyan, bo‘sh kelma!
Kuyov uchrashuvga borganida xolasini aytganlariga amal qilib so‘radi:
— Kechirasiz, siz makaronni yaxshi ko‘rasizmi?
— Yo‘q.
— Ukangiz-chi, u makaronni yaxshi ko‘radimi?
— Meni ukam yo‘q.
— Nima deb o‘ylesiz, agarda ukangiz bo‘lganida makaronni yaxshi ko‘rgan bo‘larmidi?!
255
Ota-onalar majlisida maktab direktori:
— Hurmatli ota-onalar! Sizlardan iltimos, qizlaringizni “O‘qishga kira olmasang, erga berib yuboraman” deb qo‘rqitmanglar! Bilgan savollariga ham noto‘g‘ri javob berishmoqda.
232
2 ta sevishganlar suhbati.
— Jon sigaret chekasiz-a?
— Ha, kent 8.
— 1 kunda qancha chekasiz?
— 1 kunda 1 pachka. Nima edi?
— Necha yoshingizda boshlagansiz?
— 15 yoshimdan, nimaga so‘ravossan o‘zi?
— Agar sigaret chekmaganizda hozir Malibu da yurgan bo‘lardiz.
— San o‘zing chekasanmi?
— Yo‘g‘e, joooon nimala divos?!!!
— Unda qani Malibu?
278
Kecha yotoqxonaga shovqinga ishlab ketadigan chiroq o‘chirgichni o‘rnatdik, endi naqd tungi klubni o‘zginasi bo‘ldi.
184
Poyezd. Kupeda go‘zal qiz va bir yigit o‘tiribdi. Yigit qizga judayam gapirgisi kelibdi va:
— Kechirasiz siz ham shu poyezdda ketyapsizmi, dermish.
250
Hozirgi qizlar eshak mingan yigitlarni nazar-pisand qilishmaydi, lekin Mersedes minib yurgan eshaklarni juda ham sevishadi!
247
Bir shilqim oshnasi bilan ketayotib, otda sayr qilib yurgan bir go‘zalni uchratib qoldi va do‘stiga dedi:
— Oh, shu go‘zalning oti bo‘lib qolsam ham mayli edi!
— So‘rab ko‘rchi, balki eshakda sayr qilishga ham rozi bo‘lar, taklif qildi sherigi.
223