Afandi haqida latifalar

Afandi bir boqqa kirib, gul uzayotgan edi, bog‘bon ko‘rib o‘shqirdi:
— Kimsan?
— Bulbulman.
— Bulbul bo‘lsang, qani, bir sayrachi?
— Men tajribasiz yosh bulbulman, sayrashni hozircha ota-onamdan eshitib turasiz, - dedi Afandi.
Camolyot avariyaga uchrab cho‘lga qulabdi shundan Afandi va Gruzin qolibdi, Afandini sumkasi yeguliklarga to‘la ekan, Gruzinda bir chemodan puli bor ekan, cho‘lda yura-yura sillasi qurigan gruzin Afandidan suv non so‘rabdi,
— Afandi yo‘q debdi,
Shunda gruzin:
— Kel bozor o‘ynaymiz debdi,
— Bo‘ldi debdi, Afandi
Savdoni boshlabdi, gruzin kelib endi savdolashay deganda qorni og‘rib qolibdi
— Afandi chemodanga qarab tur debdi-yu
Bir payt qaytib kelib
— qani chemodan - desa
Afandi:
— Bu yer bozor bo‘lsa man qattan bilaman dermish
Afandi betob bo‘lib yotsa, xotini tepasida yig‘lab o‘tirgan ekan. Afandi unga termulib:
— Bor, chiroyli kiyimlaringni kiyib, o‘zingga qarab chiq! – debdi.
Xotini:
— Qo‘ying-e, hozir ko‘nglimga pardoz-andoz sig‘armidi?! – desa, afandi uni koyib:
— Ahmoq xotin! Hozir Azroil kelib qoladi. Seni ko‘rib, meni unutib qo‘yarmikin deyman-da, - debdi.
Afandining bir eshagi bor ekan. Tinmay ishlatar ekan. Bir kuni eshak charchab o‘tirib qolibdi. Shunda afandi rosa uni uribdi.
Eshak o‘ziga o‘zi "Tavba, shuncha ishlasam, yana eshakday uradi-ey" debdi.
Afandi uyida o‘tirib xayolan qo‘y go‘shti solib pishirilgan sho‘rva ichishni orzu qilib o‘tirardi. Qo‘shnisining o‘g‘li kosa ko‘tarib chiqib qoldi va dedi:
— Amaki, agar sho‘rva qiladigan bo‘lsangiz, oyimgayam bir kosa berarkansiz. Mazalari yo‘q.
Shunda Afandi o‘zicha g‘udranib qo‘ydi:
— Tavba, bu uyda orzu qilib ham bo‘lmaydi-ya! Darrov qo‘shnilar eshitadi.
Afandi ko‘p qavatli uyning 9-qavatiga ko‘chib o‘tibdi.
Bir kuni balkonda sigaret chekib tursa, pastdan ovoz kelibdi. Qarasa bitta odam "Aka pastga tushing, zarur gapim bor" - debdi.
Lift ishlamayotgan ekan, u pastga tushsa boyagi notanish kishi:
— Aka Ahmat akani uyi qayerda? - debdi.
Afandi ham "Yuring, ko‘rsataman" - deb, 9-etajga olib chiqib, "Ahmad akani uyi 1-etajda" - debdi.
Podsho Afandiga ikki yuzta qo‘y berib, ta’kidladi:
— Shu qo‘ylarning sonini kamaytirmay qo‘zilatib, boqib berasan, — sut-qatig‘i xizmatingga!
Afandi qo‘ylarni haydab sahroga chiqib ketdi. Qarasa: poshsho uni aldab, sovliq emas, hammasiga qo‘chqor bergan ekan. Afandi ham qo‘ylarni bir chekkadan so‘yib yeya berdi, Qo‘ylar tugagach, podshoning muhlati ham tugadi. Afandi uyiga qaytib keldi, ammo o‘rdaga bormadi.
G‘azablangan podsho Afandining uyiga yasovul yuborgan edi, u: «Afandi tug‘ib yotgan ekan» degan xabarni keltirdi.
Tutoqib ketgan podsho Afandining uyiga kelib chaqirgan edi, Afandining xotini bunday javob berdi:
— Afandi tug‘ib yotibdilar, ishingiz bo‘lsa aytib keta qoling, aylanay, o‘zlari hech yerga chiqolmaydilar.
— Iya, er kishi ham tug‘adimi? Bu qanday noma’qulchilik!— qichqirdi podsho.
podshoga javoban xotinining yonida turgan Afandi der edi:
— Taqsirimning qo‘chqorlari tuqqanda, men tug‘sam ajablanadigan joyi bormi?!
Afandi 70 yoshda ekan. O‘g‘liga maqtana ketibdi:
— Men 30 yoshimda qanday kuchga ega bo‘lsam, hozir ham huddi shunday kuchim bor.
— O‘g‘li hayroon bo‘lib:
— Qanaqasiga ota? – debdi.
— Mana masalan, 30 yoshimda hovlidagi anavi to‘nkani ko‘tara olmas edim. Hozir ham ko‘tara olmayman...
Bir boy keksayib qolganiga qaramay, Afandining qiziga ishqiboz bo‘lib qoldi:
— Jonginam, sizni sevib qoldim, suvga desangiz — suvga, o‘tga desangiz — o‘tga siz uchun kirishga tayyorman,— dedi u.
— Yerga kiring, desam-chi? — dedi qiz.
Bir kuni afandi eshagini to‘satdan yo‘qotib qo‘yibdi. Hamma yoqni qidiribdi, topa olmabdi. Oxiri zooparkka aylanishga borib zebrani ko‘rib qolibdi-da unga qarab:
— Ha eshak, ko‘ylak kiysang ham tanidim seni! - dermish.