Afandi haqida latifalar

Afandi podshoga vazir edi. Podsho nihoyatda ahmoq bo‘lib, chet ellardan kelgan elchilar, olimlar, sayyohlar oldida bo‘lar-bo‘lmas gaplarni aytib, hadeb, o‘z ahmoqligini oshkora qila berar, Afandi doim undan xijolat bo‘lib, uning gaplarini shuvagani-shuvagan edi. Kunlarning birida Afandi bozor bo‘lganidan podshoga dedi:
— Bundan keyin birov bilan gaplashayotganingizda, oyog‘ingizga ip bog‘lay-da, bir uchini ko‘rpacha tagidan ushlab turay, to‘g‘ri javob bersangiz yoki o‘rinli savol tashlasangiz tek turaveraman, aynisangiz, ipni asta tortib qo‘yaman.
Bu gap podshoga ma’qul tushdi. Bir mamlakatdan elchi kelganda xuddi shunday qilindi. Elchi kirib o‘tirishi bilan podsho so‘radi:
— Qalay, mamlakatingizda it, mushuklar semizmi? Afandi ipni sekin tortdi, podsho gapdan to‘xtagandan keyin, Afandi elchiga bu gapning «ma’no»sini izohlay boshladi:
— Shohimiz shunday teglik gapiradilarki, it, mushukning semizligi xalqning osoyishta va farovon turmush kechirishini ko‘rsatadi.
Elchi bu gapdan kanoatlanib, podshoga ta’zim qildi. Buni ko‘rib podsho Afandiga o‘shqirdi:
— Ahmoq, shunday chuqur gap aytgan bo‘lsam, nega ipni tortding!
Afandining oshnasi undan so‘radi:      
— Mulla Nasriddin, bola-chaqangiz ko‘pmi?
— Bolam ko‘pu, chaqam kamroq,— deb javob berdi Afandi.
Afandini bog‘iga o‘g‘ri tushipti, uni ko‘rib qolgan afandi baqirib o‘g‘riga do‘q qilipti:
— Uyalmaysanmi birovni bog‘ida o‘g‘rilik qilgani?
O‘g‘ri:
— O‘zing nimaga xotininga yangi ko‘ylak obermaysan?
Afandi:
— Seni o‘g‘riliging bilan meni xotinimni ko‘ylagini nima aloqasi bor???
O‘g‘ri:
— Gapni kavlasa, gap chiqaveradi-de - degan ekan.
Afandi qish kuni lodkali mototsiklida do‘sti bilan ketayotgan ekan. Bir payt qarasa, do‘sti lodka ketayotib, terlay boshlabdi. Afandi hayron bo‘lib tezlikni oshiribdi. Do‘sti battar terlayveribdi. Shunda afandi do‘stidan:
— Nega buncha terlayapsan? Qish bo‘lsa...? – deb so‘rabdi.
Do‘sti bo‘lsa tomog‘i qirilib:
— Ming la’nat! Lodkangni tagi teshik ekan, boyadan beri yugurib ketyapman, - dermish.
Afandi kompartiya a’zosi bo‘libdi. Xotini so‘rabdi:
— Dadasi, men unchalik tushunmadim. Partiya a’zosi bo‘lib nima ish bilan shug‘ullanasiz?
— Agitatsiya va propaganda ishlari bilan-da!
— A, nima u? - tushunmay so‘radi xotini.
— Hmm, qanday tushuntirsam ekan... Faraz qil, ko‘chada bir chiroyli ayol ketyapti. Men borib, unga men bilan birga yurishga da’vat qilsam — bu agitatsiya, agar u ko‘nib, menga ergashsa — bu propaganda bo‘ladi. Tushundingmi?
— Sal tushunmagan joyim bor... Agar men ko‘chada ketayotsam, biror notanish erkak kelib, men bilan agitatsiya va propaganda ishlari olib bormoqchi bo‘lsa, men nima qilaman?, - deb so‘rabdi xotini.
Shunda Afandining achchig‘i kelib:
— Sen yaxshisi siyosatga aralashma, xotin!, - deb javob qilibdi....
Podsho bir kuni iyib ketib, Afandidan so‘radi:
Afandi, bugun vaqtim chog‘, senga biror narsa sovg‘a qilgim kelyapti. Nima bersam ekan, a?
— Ximmatni o‘zlariga bersin, shohim,— dedi Afandi,—qanday narsa bersangiz ham menga shahar bergandek bo‘lasiz.
— Yaxshi,— dedi podsho,— men sanayman, sen ma’qul bo‘lganini o‘zing tanla: yuz tilla pul, to‘pichoq ot, bir suruv qo‘y, yaxshi bog‘. Qaysi biri ma’qul?
—Agar ulug‘ shohim iltifot qilsalar, yuz tillani cho‘ntagimga solib, otga minib, bir suruv bo‘rdoqi qo‘yni boqqa haydab kirib borsam. Sizning oliy ximmat Xotamtoyligingizga butun shahar qoyil qolar edi - dermish.
— Ishtahang karnayku, bordi-yu, hech narsa bermasamchi?
— Nima ham derdim,— ma’yus javob berdi Afandi, — unda o‘zingizning podsho ekanligingizni isbot qilgan bo‘lasiz.
Afandi uylangach, bir haftadan keyin xotini o‘g‘il tug‘ibdi.
Beshikni bosh tarafiga daftar, qalam qo‘yayotgan Afandiga odamlar debdi:
— Nega kecha tug‘ilgan bolani boshiga bularni qo‘ydingiz?
Afandi javob beribdi:
— To‘qqiz oylik muddatni bir haftada bosib o‘tgan bola, tez kunda maktabga borsa ajabmas!
Afandi poyezdda rus odam bilan ketayotgan ekan. Bir payt rus kishi afandiga topishmoq aytishni taklif qilibdi. Topolmasa, 25 ming berishini aytibdi. Afandi rozi bo‘lib, gap boshlabdi.
— Pod stalom boltayetsa, na bukvu "B" nachinayetsya, - debdi.
Rus rosa urinib topolmay, 25 mingni berib, — Javobi nima? - desa, afandi:
— Botinka, - debdi va ikkinchi topishmoqni boshlabdi:
— Pod stalom boltayetsa, na bukvu Ye nachinayetsya, - debdi.
Rus uzoq o‘ylanib, yana 25 mingni berib, javobini so‘rasa, afandi:
— Yeщyo odna botinka, - dermish..
Bir amerikalik va afandi do‘sti bilan samolyotga chiqib, uchishayotganida amerikalik Iphone 7 ni derazadan otib yuboribdi. Afandi:
— Nega tashlab yubording? - desa, amerikalik:
— Bizlarda bunaqa telefonlar mingta, - debdi. Shu payt afandi yonidagi sherigini derazadan tashlab yuboribdi.
— Bu nima qilganing? - debdi amerikalik.
— Bu taksichi! Bizda bunaqalardan mingta, - dermish.
Bir kuni afandi uyi yonida yig‘lab o‘tirsa, qo‘shnisi o‘tib qolibdi.
— Ha afandi, nega yig‘layapsiz? – debdi qo‘shnisi.
— Nega yig‘lamay?! Tomdan choponim tushib ketdi, - debdi afandi.
— Choponingiz tushib ketgan bo‘lsa, siz nega buncha yig‘laysiz? – so‘rabdi hayron bo‘lgan qo‘shni.
— Yig‘laymanda! Choponimning ichida o‘zim ham bor edim... – degan ekan afandi.