Ayollar haqida latifalar
— Voy, dugonajon! Men yaqinda suvarakka aylanib qolsam kerak...
— Nega?
— Erimga “Ozaman” deb so‘z bergandim. Endi faqat kechalari qorong‘u oshxonaga chiqib, berkinib ovqatlanyapman. Kimdir chiroqni yoqsa, o‘zimni qayoqqa qo‘yishni bilmay shoshib har tomonga yugurib qolaman.
— Turdingizmi azizim? – desa, eri jilmayib:
— Ha, turdim baliqcham! Nonushtani tayyorlang! - debdi.
Xotini ham jilmayib:
— Ho‘p bo‘ldi ayiq polvonim, - deb chiqib ketayotsa, eri o‘ziga-o‘zi pichirlab: "Nima balo u ham meni ismimni esidan chiqarib qo‘ydimikin”, - dermish.
Er-xotin ziyofatdan ichib qaytishibdi. Uyining eshigi oldiga kelib, eri cho‘ntagidan kalitni topolmay tursa, xotini unga qarab:
— Odam bo‘lmay keting! Shunchalik ham ichasizmi?! Eshik qani? Nima qildiz o‘zi eshikni? –dermish.
— Qalaysan? Voy, namuncha semirib ketding? – desam, dugonam:
— Axir men 2ta farzandli bo‘ldim, - dedi. Shunda:
— Nima sen ularni yeb qo‘ydingmi? – deb yuboribman.
— Bizga ichishga 2 ta kafe olib keling.
Ofitsiant:
— Sizlarga kofe olib kelishim mumkin, lekin kafeni olib kela olmayman.
— Yo‘q! Bizlarga kafe olib keling!
— Yaxshi qiz sizlarga kafeni berib yuborsam, keyin men qayerda ishlayman? – degan ekan ofitsiant.
— Adasi kelaqoling, ovqat pishdi, - dedi-da, eriga bir kosada sho‘rva, bir laganda go‘sht olib kelib yoniga qo‘ydi. Qornim och, nima qilishni bilmay, ichimda “Shoshmay tur!” deb tursam, qo‘shnim:
— Go‘shtdan oling, - deb qoldi. Lagandagi go‘shtga qo‘l uzatib bir bo‘lagini tishladim-u, “Voy-dod” deb yerga ag‘anadim.
Shu payt qo‘shnim meni ko‘rib qo‘rqib ketdi-da, xotiniga:
— Sen jodugar meni zaharlamoqchi bo‘ldingmi? – deb o‘dag‘aylab quvlab ketdi.
Sekin o‘rnimdan turdim-da, sho‘rva va bir lagan go‘ shtni paqqos tushirib “Ziqna bo‘lish shunaqa bo‘ladi!” deb uyimga jo‘navardim.
— Yaxshi qiz, dam olish kunlari bo‘shmisiz?
Qiz nozlanib:
— Ha, - debdi.
Yigit bo‘lsa:
— Go‘zallik saloniga borib tursangiz bo‘lmaydimi?! – degan ekan.
— Jonim, qachon menga mashina olib berasiz?
Yigit hayron bo‘lib:
— Bilishimcha, supurgida uchar edinglar. Mashinaga nima bor?! – dermish.
— Siz nima kutyapsiz?
— O‘g‘il. O‘g‘il bola yaxshi-da! Erta kunda dadasini yoniga kirar ekan. Siz nima kutyapsiz?
— Men qiz kutyapman. Qiz yaxshi ekan. Erta kunda menga tayyor yordamchi!
Bularni suhbatini 5 yoshli qizaloq eshitib turgan ekan. Ko‘chaga chiqsa bekatda qorni katta amaki o‘tirgan emish. Qizcha so‘rabdi:
— Amaki, siz nima kutyapsiz, - desa, amaki:
— Avtobus, - debdi. Qizcha hayron bo‘lib:
— Voy!!! - dermish.