Boshqalar haqida latifalar

Harbiy xizmatga ketishdan avval maktabda o‘qituvchilik qilgan askar armiyaga borib, o‘t o‘ribdi, og‘ir yuk ham tashibdi, yer ham qazibdi, hamma yoni supurib ham chiqibdi. Komandirlar unga:
— Bo‘ldi, endi seni maxsus qismga xizmatga o‘tkazamiz. Sinovdan yaxshi o‘tding, - deyishsa, askar ularga:
— Yo‘q, menga shu yer ham bo‘laveradi. Men o‘zi o‘rganib qolganman, - dermish.
Bir kuni bodring bilan pomidor cho‘milgani boribdi. Karamni ham ularga havasi kelib:
— Men ham cho‘milsam bo‘ladimi? – debdi.
— Mayli, faqat kiyimlaringni yechib cho‘mil! – debdi bodring.
Karam yechinaverib-yechinaverib, yo‘qolib qolgan ekan.
Mashhur yozuvchi Chexov 44 yoshida vafot etgan.
Pushkin esa 37 yoshida halok bo‘ldi. Mayakovskiy 36 da,
Yesenin-chi, bor-yo‘g‘i 30 yoshga kirganida o‘z joniga qasd qilishadi.
Mana, mashhur insonlarning davlat pensiya jamg‘armasiga qo‘shgan hissalari...!
Bir yigit qo‘l telefoni musiqasiga qo‘ng‘irog‘iga davlat madhiyasini qo‘yib olgan ekan. Bir kuni bekatda avtobus kutib o‘tirgan ekan kimdir unga qo‘ng‘iroq qilib qolibdi. Shunda telefonidan madhiya yangray boshlabdi. Orqa cho‘ntagidan telefonni olish uchun o‘rnidan turgan yigit atrofdagilarga qarasa, yonidagi odamlarni hammasi o‘rnidan turayotganmish.
Bir otaxon vrachga boribdi. Vrach otaxonni tekshirib turib, badanida “galiya” deb yozilgan taturovkani ko‘rib qolibdi.
— Iye otaxon, sevgan qizingiz bo‘lganmidi? – deb so‘rabdi vrach.
Otaxon:
— Yo‘g‘-ye bolam! Portugaliyaga urushga borganimda “Portugaliya” deb yozdirib olgandim. Nechi yil o‘tdi. Yozuvni yarmi o‘chib, “galiya”si qoldi, - dermish.
Bir kishi barga kirdi:
— Pivo bering.
— Ikki ming so‘m to‘lang.
— Nega, hamisha ming so‘mdan olardim-ku?
— Bugundan yangi qoida chiqdi, ming so‘mni futbolni rivojlantirish fondiga o‘tkazamiz.
Xaridor pulni uzatdi. Sotuvchi ming so‘mni olib, ming so‘mni qaytarib berdi.
— Pivo yo‘q.
Yozda ta’tilga chiqdim. Ta’til pulimni olishim bilan ko‘z o‘ngimga Turkiya keldi.
“Kelaqol! Dengizda mazza qilib dam olib ketasan!” – deb chaqirdi u meni.
Keyin Parij qichqirdi:
“Salom! Eyfel minorasiga chiqishni, sayyohat qilishni yoqtirmaysanmi!?”
Oxiri ko‘z oldimga Qo‘yliq bozorida, tonggi ulgurji bozor keldi:
“Mana, kelaqoling! Qishga murabbo, kompot yopib olasiz. O‘rik, olma, olcha, olxo‘rilar bor...!”
Ko‘chada ikkita yigit bir-biri bilan tanishmoqda:
— Sen qayerdansan?
— Eski shahardan.
— Ko‘pchilik eski shahardan... Aniqroq-chi, qaysinisidansan?
— Samarqanddanman.
Odamlar bankomat oldida navbatda turishsa, orqadan bir kishi baqirarmish:
— Meni o‘tkazib yuboringlar! Bo‘lmasa hozir boshlaringni ustidan yurib ketaman!
Navbatda turgan bir kal odam quliga tuflab boshini silabdi-da:
— Yiqilib tushgin, - debdi.
Xitoy vokzalida yigit bilan qiz uchrashib qolibdi.
Yigit:
— Chan-chun mixaaa, - desa, qiz:
— Miankshinuka, - debdi.
— Kua miankshinuka, - debdi yana yigit.
Huddi bir narsani tushunayotgandek, davomini o‘qiyotganingizni qarang!