DAN-xodimlari haqida latifalar

Gai xodimi:
— Yaxshi qiz, haydovchilik guvohnomangiz bormi?
— Ha bor.
— Qani bir tekshirib ko‘raylik...
— Iltimos, olib qo‘ymang!
— Nega?
— Chunki guvohnomadagi rasmga juda chiroyli tushgandim-da.
Ikki GAI xodimi yo‘lda zerikib turishgan ekan. Bir aravakash boboy ko‘rinib qolibdi.
GAIshniklar hazillashmoqchi bo‘lib boboyni to‘xtatishibdi.
— Otaxon, hujjatlaringizni ko‘rib qo‘yaylikchi.
Shunda otaxon qamchisi bilan otni dumini ko‘tarib:
— Bardachokda edi, olaqol!!!
Uchta jinni mototsiklda qochib ketayotgan ekan, yo‘lda GAI xodimi tayoqchasini ko‘rsatib, "to‘xtaaa", - desa
Jinnilar:
— EE, qayerga o‘tirasan, joy yo‘qku, - deb o‘tib ketishibdi.
Bir haydovchini GAI to‘xtatib:
— Hujjatlaringizni taqdim eting, - debdi. Haydovchi hujjatlarni beribdi.
— Qoidani buzdingiz, jarima yozaman, - debdi GAI xodimi.
Haydovchi:
— Mayli, yozing,- debdi.
— Menga biror narsa taklif qilmaysizmi?, - debdi yana GAI.
— Menga turmushga chiqing, - debdi haydovchi.
GAI shu zahoti unga hujjatlarini qaytarib, qochib qolgan ekan.
Bir yolg‘iz qariya avtomobilini katta tezlikda haydab ketayotsa, orqasidan GAI mashinasi quvlay boshlabdi. Chol tezlikni yanada oshirib, ulardan qochishga urinibdi. Oxiri qarasa, qochib ketishning iloji yo‘q! Avtomobilini to‘xtatib, tushibdi. Cholning yoniga GAI xodimlari kelib:
— Nega bizdan qochishga urindingiz otaxon?, - deyishsa, qariya o‘ylab ham o‘tirmay:
— Bir necha yillar ilgari xotinim meni tashlab, GAIda ishlaydigan erkak bilan qochib ketgan edi. Sizlarni ko‘rib, menga xotinimni qaytarib berishmoqchi deb o‘ylabman!, - dermish.
GAI xodimlari voqea joyini ko‘zdan kechirib, bayonnoma yozishmokda.
Mayor:
— Yo‘l kengligi - 6 metr, o‘ng tarafda chuqur ariq bor. Oq rangli Matiz 30-35 yoshlar chamasi erkak kishini urib yuborgan. Mashina daraxtga oldi bilan urilgan.
Serjant:
— Yozdim.
Mayor:
— O‘sha erkak kishining tanasi boshsiz holda ariq ichida. Kallasi esa asfalt chetida.
Serjant:
— O‘rtoq serjant. "Aspalt" deb yoziladimi? yoki "Asfalt" dyebmi?
Mayor biroz o‘ylanib, kallani bir tepib ariqqa tushirib yuboribdi-da, — Mayli kallani ham ariq ichida deb yozaqol, - debdi.
GAI xodimi avtomobilni to‘xtatib dedi:
— Nega tuneldan o‘tayotganda chiroqni yoqmadingiz?
Haydovchi:
— Men boshqa shahardan kelganman. Bu tunelni chirog‘i qayerdan yoqilishini bilmayman...!
3456 - yil. O‘zbekiston tarixi fani. O‘qituvchi qizil tayoqni ko‘rsatib, so‘radi:
— Bolalar, bilasizlarmi bu nima?
O‘quvchilar javob berdi:
— Ha bilamiz. Bu tayoq bilan GAI qabilasi ov qilgan va oilasini boqqan.
Bir kuni GAI xodimi haydovchiga:
— Qani, "Kuf" deng-chi, - debdi.
Haydovchi darhol tekshiruvchini cho‘ntagiga yuz mingni solib qo‘yibdi.
Pulni olib, yana "Kuf" deyishini talab qilibdi. Shunda haydovchi yana ellik ming beribdi. GAI xodimi esa:
— Yo‘q! Birinchi galdagidek "kuflang", - dermish.
Uchta jinni mototsiklga o‘tirib ketayotishsa yo‘lda ularni GAI to‘xtatibdi.
Jinnilardan biri GAI xodimiga qarab:
— Ko‘rmayapsizmi? Sizga joy yo‘q! - degan ekan.