Kaltafahmlar haqida latifalar

Yarim tunda telefon qo‘ng‘irog‘i jiringlabdi:
— Allo, mabodo uyingiz yonidan qo‘ylar podasi o‘tib ketmadimi?
— Nima, sen orqada qolib ketdingmi?!
O‘g‘li:
— Ada, ayollar har kuni sochiga nima baloni sepishadi?
Ota:
— Bitga qarshi dori, o‘g‘lim!
Jinnilar jinnixona devoridan qochmoqchi bo‘lib rossa devordan sakrashni mashq qilishibdi. Qochish uchun bir kunni reja qilishibdi. O‘sha kun kelganda, tundan tongacha yoqqan yomg‘ir devorni ag‘darib yuboribdi.
Tongda bir jinni tashqariga chiqibdi va hafa bo‘lib qaytib kirib sheriklariga:
— Rejamiz barbod bo‘ldi. Qocha olmaymiz, devor ag‘darilib ketibdi.
Damas haydovchisi liftga chiqsa ham odam to‘lishini kutadi.
Eshik taqillabdi:
— Kechirasiz, sizga yangi chiqqan oq va qora ranglardagi ko‘ylaklarimizni taklif qilmoqchiman. Sotib oling, zarar qilmaysiz.
— Yo‘q, rahmat, shart emas.
— Mana bu oq ko‘ylakni qarang, kiyib mazza qilasiz.
— Kerak emas dedim sizga!
— Ammo bir o‘ylab ko‘ring.
— Agar yana bir marta shu haqda gapirsangiz, zinadan uloqtirib yuboraman.
— Bu ko‘ylakni kiymabsiz, bu dunyoga kelmabsiz...
Uy egasi ko‘ylakfurushni zinadan uloqtirib yubordi. U beton ustiga uchib tushib, ancha vaqt harakatsiz yotdi. Keyin bir amallab o‘rnidan turdi va yuzlarini artib, yana zinadan ko‘tarilib eshikni taqillatdi.
— Oq ko‘ylak bo‘yicha fikringiz tushunarli. Endi qora ko‘ylak to‘g‘risida gaplashsak...
Bir barbisifat ayol ginekolog qabuliga kiribdi. Doktor uni ko‘rikdan o‘tkazib bo‘lgach, so‘rabdi:
— Nimadan shikoyatiz bor?
— Shu desangiz, tishim juda yomon og‘riyapti.
— Iye, sizni ginekologik ko‘rikdan o‘tkazdim-ku? Nega tishim og‘riyapti demadingiz?
— Tishimni ildizini qidiryapsiz deb o‘ylabman-da!!!
— Adasi, manavi piyoda jonidan to‘yganmi? Nega mashinamni oldida yugurib ketyapti?
— Mashinani piyodalar yo‘lagidan emas, mashinalar yuradigan yo‘ldan haydasang yaxshi bo‘lardi.
— Allo, bu Texxizmatmi?
— Ha!
— Ayting-chi, Noutbukimni televizorga qanday ulasam bo‘ladi? Kino ko‘rmoqchi edim...
— Sim bilan ulang!
— Ulab bo‘lmayapti-ku!?
— Televizoringizni rusumi qanday?
— Rekord 312
— Unda ekranni o‘rtasiga skotch bilan yopishtirib qo‘ying!
— Doktor, meni ko‘zim og‘riyapti. Ko‘rib qo‘ying
— Xo‘sh, ko‘zingizdan ko‘rinib turibdiki, o‘pkangiz shamollagan, ichaklarda muammo bor, oshqozoningiz ishlamayapti.
— Doktor, axir bu ko‘zim protez! Bunisini ko‘ring!
Bitta odam qo‘shnisini hovlisiga kirib, tovuqxonasidan tuxum o‘g‘irlabdi.
Tuxumni ushlab turib, hayol sura ketibdi:
"Shu tuxumdan jo‘ja ochirib, boqib katta tovuq qilaman. Tovuqni sotib, g‘oz olaman, g‘ozni ham boqib, sotib, qo‘y olaman. Qo‘yni semirtirib, sotib, buzoq olaman! Buzoqni katta buqa qilib, uni ham sotib, mashina olaman!", deb hayol surib tursa, qo‘shnisi kelib qolibdi.
O‘g‘rini ko‘rib:
— Tuxumni joyiga qo‘y! - deb baqirgan ekan, tuxum qo‘lidan tushib, sinib ketibdi. Shunda haligi o‘g‘ri odam:
— Mashinamni to‘lab berasan! - deb baqira ketgan ekan.