Ofisiant haqida latifalar

Qahvaxonalardan biriga olapar mushuk kirib, ofitsiantga buyurtma beribdi.
Mushukni gapirayotganini ko‘rib, aqldan ozay degan ofitsiant mushukka qarab:
— Ko‘chada nima ish bilan yuribsiz, - debdi.
Mushuk:
— Ish qidirib yuribman. Hozir suhbatdan kelyapman, - debdi.
Ofitsiant ko‘p o‘ylamay:
— Meni sirkda tanishlarim bor? Xohlasangiz, gaplashib beraman, - desa, mushuk:
— Sirkda kompyuter dasturchisiga ish bormikin? - dermish.
Bir ofitsiant vrach yoniga kelib, shikoyat qilibdi:
— Doktor, tunlari tushimga ish vaqtim kiradi. Menga xo‘randalar ovqatlanib bo‘lgach, choy puli uzatishsa, men pullarni olmasdan, qo‘lim bilan itarib tashlayman, - debdi.
Vrach:
— Sizga qanday yordam berishim mumkin?! Tinchlantiradigan dori yozaymi?
— Yo‘q doktor, qo‘llarimni sindirib tashlang!
Restoran direktori ofitsiantga dedi:
— Mijozlar bilan hech qachon tortishmang, ular hamisha haq bo‘lishadi.
— Tushunarli, ammo u mijoz sizni ...tentak deb aytdi—da!
Ikkita odam kafeda ovqatlanib bo‘lgach, ofitsiantga qarab:
— Hisob qancha bo‘ldi? - debdi.
Ofitsiant futbol muxlisi ekan:
— Liverpul-Brayton 1:0, - debdi.
Restoranga kirib ovqatlanayotgan xo‘randa ofitsiantni chaqirib debdi:
— Kechirasiz, restoran musiqachilari pullik xizmat ko‘rsatishadimi?
— Ha, - debdi ofitsiant.
— Unda men pulini to‘layman, iltimos, biroz musiqa chalmay turishsin, men ovqatlanib olay...! - debdi xo‘randa.

Ertalab restoranga bir odam hovliqib kirib:
— Kecha kechqurun men shu yerda bo‘lganmidim? - debdi.
Ofitsiant:
— Ha, bo‘lgan edingiz, - debdi ofitsiant.
— Ikki yuz ming so‘mlik aroq ichib qo‘ydimmi? - so‘rabdi yana.
Ofiuiant:
— Ha, - debdi.
— Xudoga shukur-ey! Men pulimni yo‘qotib qo‘ydimmi deb qo‘rqib ketdim, - dermish.