Oila haqida latifalar

Bir erkak ishdan uyga kelib:
— Meni go‘zal malikam qani? - desa, xotini yugurib chiqib:
— Shu yerdaman adasi, - debdi.
— Sen yovuz jodugarsan-ku. Men qizimni chaqiryapman, - dermish eri.
Ishdan kelgan erini ostonada xotini kutib olib, debdi:
— Korxonangiz yopilayotgan emish... Eshitdim!
Eri:
— Kim aytdi senga buni? Qayoqdan topasan shunaqa gaplarni?!
Xotini:
— Mahalladagi ayollar gapirishdi...
Eri:
— O‘sha g‘iybatchilarni gapiga ishondingmi? Gapiraveradi-da!!!
Ertasi kuni ishdan kayfiyati yomon kirib kelgan eri xotinini chaqirib dermish:
— Borib mahalladagi ayollardan bilib kel-chi, meni endi qayoqqa ishga o‘tkazishar ekan?!
Bolakay televizor ko‘rib o‘tirgan adasini yoniga kelib:
— Ada nima ko‘ryapsiz?
— Yengil atletika bo‘yicha yugurish musobaqasini o‘g‘lim. Hozir hammasi yuguradi, bittasi g‘olib bo‘ladi. Ana shu bitta sportchiga sovrinni berishadi.
— Unday bo‘lsa qolganlari nega yugurishyapti ada???
Kichkina bolakay dadasiga:
— Dada, uylanish uchun qancha pul kerak?
Dadasi onasiga pul berayotgan ekan:
— Bilmayman, men hali ham to‘layapman.
Qizaloq onasiga debdi:
— Oyijon, men 5 yoshdaman! Nigora esa 3 yosh. Men kattaman!!!
Onasi:
— Qizim, men 33 yoshdaman! Men kattaman...
— Qizaloq onasini qulog‘icha pichirlab:
— Oyijon,kattaman emas, qariman deng...!
— Azizim, negadir kechasi uxlab, orom ololmayapman!?
— Bu tabiiy hol. Yovuzlik o‘zi hech qachon tinchimaydi.
Bir shofyor mashinasida har kuni kira qilarkan.Uyiga yarim kechasi kelib, erta tongda chiqib ketarkan. Tabiiyki bu xotiniga yoqmasdi.
Bir kuni xotini:
— Hoy adasi har kuni kelasiz, uhlaysiz saharda yana ketasiz. Sizga tekkanimdan beri rohat nimaligini bilmayman, men axir ayolmanku, menga bir og‘iz shirin gapiz ham yo‘q, - debdi.
Eri:
— Mayli xotin gazga suv quy, isiganda meni uyg‘otarsan, - debdi.
Xotini xursand bo‘lib:
— Ho‘p bo‘ladi arslonim, - debdi.
Suv isitib kelib:
— Turing polvonim, suv isidi kelaqoling o‘zimga, - desa
Eri esnab, ko‘zini ishqalab:
— Ha yaxshi, suvni mashina radiatoriga quyib quy.
— Dada, moliyaviy daho kim?
— Xotini sarflagandan ko‘proq pul ishlab topadigan odam.
— Uylanish yaxshimi bobo?
— Yaxshi bolam, ayoling dardkashing bo‘ladi.
— Yaxshiku, lekin meni dardim yo‘qku bobo?!
— Uylansang u ham bo‘ladi bolam.
Bolakay onasidan so‘rabdi:
— Nega dengizning suvi sho‘r?
Onasi debdi:
— Baliqlar sasib qolmasligi uchun tuzlab qo‘yishgan bolam...