Ota-ona haqida latifalar

Erini uydan haydab yuborgan xotini orqasidan baqirayotganmish:
— Bir umr qiynalib o‘tgin! Kosang oqarmasin!
Shu payt eri xotiniga qarab:
— Demak, yana sen bilan yasharkanman-da! Uyga qaytib kiraveraymi?
Futbol ishqibozi o‘g‘lini erkalatib debdi:
— Meni yolg‘izim, shirin bolam, kelajagim meni! Sen meni hayot o‘yinimda urgan golimsan!
Shunda xotini eriga qarab debdi:
— Menchi dadasi?
— Sen ham urgan golimsan. Faqat avtogolsan-de, - dermish eri.
Xotini ishdan kelsa, eri oshxonadan chiqib kelayotganmish:
— Onasi senga syurprizim bor! - debdi.
Xotini oshxonaga kirsa ovqatlar tayyor. Dasturxonlar bezatilgan ekan.
— Rahmat adasi. Bugun oilaviy dasturxon bezatib birga ovqatlanar ekanmiz-da, - deb xotini orqasiga o‘girilsa, eri qo‘lida bir shisha aroq bilan sekin ko‘chaga chiqib ketayotganmish.
— O‘g‘lingizga yomon so‘zlarni kim o‘rgatyapti?
— Padaringga ming la’nat! Bilmiman kimdan o‘rganadi!

Bir ayol hikoya qiladi:
— To‘rt yoshli qizim shkafni ochib, kiyimlarni titaveradi. Bugun uni qo‘rqitdim,
— Shkaf ichida yomon amaki bor, ochsang seni o‘g‘irlab ketadi, deb.
Kechki payt erim bilan ovqatlanib o‘tirsak qizim yugurib kelib:
— Oyi, oyi! Shkaf ichidagi amaki ketdimi? deb so‘rasa bo‘ladimi!
Erimga tushuntirgunimcha bo‘larim bo‘ldi!...

Uy telefoniga qo‘ng‘iroq bo‘libdi. Go‘shakni o‘g‘li ko‘taribdi:
— Allo, kim bu?
— Men adangman. Qayerdasan?
— Bolaligingizda ota-onangiz qaysi brenddagi kiyimlarni olib berishgan?
"Akangdan qolgan kiyimlarni kiyasan!" degan brenddan kiyintirishgan.
Bir yigit xonasida nos chekib yotsa, otasi kirib qolibdi:
Shunda yigit nima qilishini bilmay, ko‘ylagi ichiga qarab, "Tuf-tuf-tuf cho‘chib ketdim", degan ekan.
Er-xotin farzandlari bilan o‘tirib nikoh to‘yini videosini ko‘rayotishsa, o‘g‘li so‘rabdi:
— Ada, siz qanisiz?
Adasi:
— Man bu to‘yda yo‘qman! - debdi.
Bo‘ydoq yigitga ota-onasi debdi:
— Do‘stlaring hammasi uylanishdi. Oilasi, xotini bor. Senga alam qilmaydimi?!
Yigit debdi:
— Juda alam qiladi. Lekin nima qilay, ularga yordam berish qo‘limdan kelmaydi!