Qariyalar haqida latifalar

Ikkita qari futbolchilar suhbatlashmoqda:
— Qaysi birimiz birinchi bo‘lib olamdan o‘tsak, u dunyoda futbol o‘yini bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida xabar beramiz, kelishdikmi?
Futbolchilar kelishib olishibdi-da, ko‘p o‘tmay ulardan biri vafot etibdi.
Tirik qolgan futbolchini tushiga 3 kun o‘tib, marhum do‘sti kirib debdi:
— Qalesan do‘stim? Bu yerda ham futbol bor ekan! Lekin senga yomon xabarim bor! Kelayotgan juma kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda seni ham familiyang turibdi.
Buvi uxlab yotgan nabirasini uyg‘otyapti:
— Turaqol, bolajonim! "Kim erta tursa, xudo unga qo‘sh qo‘llab beradi" degan gap rost ekan. Qara,tong saharda sayrga chiqib nima topib oldim. Ichi pulga to‘la hamyon.
Nabirasi:
— Axir o‘sha hamyonni yo‘qotgan odam sizdan oldinroq turgan-ku!?
— Behuda kutyapsan, bolam. Bu avtobus faqat bayram kunlari yuradi, - dedi kampir bekatda turgan o‘smirga.
— Bugun mening tug‘ilgan kunim, - dermish bola ham...
Taksiga bir otaxon o‘tiribdi. Uch ming so‘mga kelishishgan ekan, otaxon bitta besh ming so‘mlik berib tushibdi. Taksichi ikki ming qaytim beraman desa, otaxon yo‘q bo‘lib qolibdi.Taksichi qaytimni bera olmaganidan qayg‘urib yursa, kunlarning birida yana o‘sha otaxonni ko‘rib qolibdi.
— Men o‘sha taksichiman. Qaytimingizni beray desam, yo‘q bo‘lib qoldingiz. Qayoqqa ketib qoldingiz?, - desa, chol jahl bilan:
— Ahmoq ekansan! Mashinani kolodetsni yoniga ham to‘xtatasanmi?! Mashinadan to‘ppa-to‘g‘ri kolodetsga tushib ketgandim! - dermish.
Qari chol-kampir radiopriyomnik sotib olishibdi. Elektrga ulab, qarab turishsa, ishlamabdi. Birozdan so‘ng tutun chiqishni boshlabdi.
— Gapirmayapti-ku?! - debdi chol.
— Hozir chekib olsin, keyin gapirar, - dermish kampir.
Qari otaxon yo‘lda ketayotsa, bir barzangi yigit to‘xtatib:
— Hozir shunaqa latifa aytaman, agar kulsang 5000 berasan, - debdi.
— Mayli, - deb otaxon tishini-tishiga qo‘yib kulmay eshitibdi. Latifa tugagach, otaxona kulmayotganini ko‘rgan yigit:
— Aytgancha, majburan kulmasang 10000 berasan, - dermish.
Vrach bemorga debdi:
— Havotir olmang. Bu yuragingiz bilan 70 yoshga bemalol kirasiz.
— Doktor, axir hozir men 70 daman-ku?!
— Ana, axir sizga nima degandim...
Bir mahmadona yigit xudoyi vaqtida hukumat siyosati to‘g‘risidagi bo‘lmag‘ur gaplari-yu, xalqaro ahvol haqidagi nodonlarcha safsatalari bilan o‘tirganlarning miyasini qotirib yuboribdi. Shunda bir mo‘ysafid qariya undan so‘rabdi:
— Kechirasiz o‘g‘lim. Bir savolim bor edi?
— Marhamat, — debdi yigit.
— Qo‘y ham, sigir ham bir xil yem-xashak yeydi-ku, nega ularning axlati har xil?
Yigit o‘ylanib qolib:
— ....Bilmadim,— debdi.
— B...qni ham farqiga bormaysiz-u, siyosatga aralashib nima qilasiz, bo‘tam..?!, — debdi chol.
Ota o‘g‘liga Pushkinning “Oltin baliq" ertagini o‘qib beryapti.
Ertak oxirida o‘g‘li otasiga qarab:
— Dada, nega chol oltin baliqdan yangi kampir so‘ray qolmaydi?, - dermish.
Statistika qoʻmitasi xodimlari dunyoda eng keksa insonni aniqlamoqchi boʻlib, Tibetga borishibdi. U yerda bir keksa otaxon duch kelibdi. Ular
— Yoshingiz nechida otaxon? - deb soʻrashibdi.
— 150 da - deb javob beribdi.
— E-e,... Dunyoda eng keksa inson siz boʻlsangiz kerak-a? - deb quvonib turishsa, otaxon:
— Bilmadim, dadamdan soʻrab koʻray-chi?! - dermish.