Sevishganlar haqida latifalar

Xitoy vokzalida yigit bilan qiz uchrashib qolibdi.
Yigit:
— Chan-chun mixaaa, - desa, qiz:
— Miankshinuka, - debdi.
— Kua miankshinuka, - debdi yana yigit.
Huddi bir narsani tushunayotgandek, davomini o‘qiyotganingizni qarang!
— Besh yil uchrashib, sevishib yurganimizdan keyin u qiz menga "Do‘st bo‘lib qolaylik" desa bo‘ladimi... Tasavvur qilyapsizmi holatimni? Besh yil-a, besh yil!
— Bitta shapaloq solmadizmi shu gapiga?!
— Kechirasiz, siz aniq psixologmisiz?
Ayrim sevishganlar bir-biriga shunday o‘xshashki hayollarida ham bir hil o‘ylashadi. Hattoki urushib qolgandayam: "San bo‘lmasang boshqasi!" Xullas, bir-biriga uzukka ko‘z qo‘ygandek mos bo‘lishadi...
Bir qiz uyqudan oldin hayol surib yotibdi:
"Hozir qayerdadir man tanimagan bo‘lajak erim qaysidir qizga hayrli tun tilab sms yozayotgandir. Xa-xa, u o‘ylayaptiki o‘sha qiz uning kelajagi, xotini bo‘ladi deb. Chuchvarani hom sanabsiz azizim! Sizni katta syurpriz kutyapti!"
Bir yigit yo‘lda ketayotib chiroyli qizga qarabdi.
Yonidagi o‘rtog‘i unga:
— Qarama! Bu qizga kecha men qaragan edim, - dermish.
Yaxshi ko‘rgan qizim bilan do‘konga kirib narsa xarid qildim-da o‘zimni ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lib, sotuvchiga:
— Qaytimi kerak emas! - desam, sotuvchi:
— Pulingiz kam chiqdi, to‘xtang! – deb qolsa bo‘ladimi…!
Hammasi o‘sha paytlarda boshlangan edi: "Begim, men sizni qanday bo‘lsangiz shundayligizcha sevaman!"
To‘ydan keyin esa: "Chekmang!", "Ichmang!", "So‘kinmang!", "Qayerda yuribsiz?"...
Men bo‘lsam laqqa tushib o‘tiribman uni yolg‘on va’dalariga...
— Yaxshi qiz, nimaga men sizni avvallari ko‘rmaganman?!
— Bilmadim. Balki sizni xudo asragandir...
Bir yigit sevgan qiziga sovg‘a olgani do‘konga borib, chiroyli qo‘lqop sotib olibdi.
Sotuvchi qutiga qo‘lpoqni o‘rniga adashib ayollarning tungi ko‘ylagini solib beribdi.
Yigit bir varroq qog‘ozga ushbu so‘zlarni yozib, qutini sevgan qizining uy manziliga jo‘natib yuboribdi.
“Sevgilim! Sizga nima sovg‘a berishni uzoq o‘yladim. Vanihoyat, eng yaxshi sovg‘a shu bo‘lsa kerak degan umidda oldim. Uni do‘kondagi siz tengi bir qizga kiydirib ko‘rib, oldim. Bu sovg‘amni kiyish va yechish juda oson ekan, o‘zim ko‘rdim...”
Ikkita sevishgan talabalar oshxona yonidan o‘tib borayotishsa, kabob hidi dimog‘iga urilibdi. Shunda qiz chuqur nafas olib:
— Voy, mazzaligini... – desa, yigiti:
— Senga yoqdimi? – debdi.
Qiz:
— Ha, juda-yam, - desa, yigit:
— Yur, unda yana bir martta oldidan o‘tamiz, - dermish.