Uqituvchi-domla haqida latifalar

O‘qituvchi:
— Valijon, kundaligingni ota-onangga ko‘rsatdingmi?
O‘quvchi:
— Yo‘q, ustoz!
O‘qituvchi:
— Nega?
O‘quvchi:
— Ota-onamni salomatligi men uchun juda muhim!
Matematika o‘qituvchisiga o‘quvchi debdi:
— Ustoz, shu fanga darslarda kirmasam maylimi?! Menga matematika hayotda umuman kerakmas!
Ustozi o‘quvchiga:
— Hali shu gaplaringni farzandlaring bilan matematika darsini tayyorlab o‘tirganingda eslaysan! - dermish.
Maktabda ota-onalar majlisi boshlanibdi. Sinfning eng to‘palonchi o‘quvchisini otasiga o‘qituvchi debdi:
— Sizni o‘g‘lingiz maktabda har kuni o‘zini yomon tutadi.
Ota:
— Nima? Meni shunga chaqirdingizmi? O‘g‘lim uyda ham har kuni to‘palon qiladi. Sizni uyga chaqirtirmayapman-ku!?
O‘qituvchi so‘rabdi:
— Alisher, nima uchun "Mening mahallam" mavzusidagi inshoing Qodirjonning inshosi bilan bir xil yozilgan.
Alisher debdi:
— Chunki men Qodirjon bilan bitta mahallada yashayman-da!
Zoologiya darsida:
— Aliyev, ikkita yirtqich hayvonni sanab ber-chi!
— Sher va ...
— Bilmaysanmi? O‘tir “2”!
— Qodirov, uchta yirtqich hayvonni sanab ber!
— Sher, yo‘lbars, ...
— Bilmaysanmi? O‘tir “2”!
— Odilov, sen beshta yirtqich hayvonni sanab ber!
— 2 ta sher va 3 ta yo‘lbars.
Ota o‘g‘liga:
— O‘g‘lim, meni nega maktab direktori chaqirtirdi?
O‘g‘li:
— Kecha maktabda mushtlashdim.
Otasi:
— Nima, meni navbatdagi jangni tomosha qilishga chaqirishdimi?
Tarix fanida o‘qituvchi savol beribdi:
— Fransiya - Prussiya urushi haqida nimalarni bilasan?
O‘quvchi jim turaveribdi.
O‘qituvchi:
— Nega gapirmaysan?
O‘quvchi:
— Dadam urush-janjalga aralashma deganlar, - debdi.
Aziz ota-onalar! Havotir olmanglar, sinf xonalari issiq va barcha o‘qituvchilar 100 foiz ishga kelgan. Ta’tilni davom ettiraveringlar!