Uqituvchi-domla haqida latifalar

— Ustozing senga qo‘shimcha savol ham berdimi?
— Ha.
— Nimani so‘radi?
— Tentakmisan? dedi.
O‘qituvchi o‘quvchisiga debdi:
— Hasanboy, nega sen yozgan inshodagi xatolar partadoshing bilan bir xil?
O‘quvchi:
— Chunki, bizni o‘qituvchimiz bitta-da!
Imtihon kuni domla bir talabani kuzatib o‘tirsa, talaba tanga tashlab, test javobini belgilab, chiqayotgan ekan. Hozir hammadan oldin javoblar varaqasini topshirib chiqib, ketadi bu humpar deb o‘ylabdi domla.
Hamma talabalar javoblarini topshirib chiqib ketishsa ham, u talaba haliyam o‘tirganmush.
Domla yoniga borib:
— Vaqt tugadi ukam! Topshiring javob varaqangizni, - desa,
Talaba
— Hozir domla, qayta tyekshirib chiqay, - deb, yana tanga tashlay boshlabdi.
O‘qituvchi:
— Nega men seni kichkina tentak deb atayapman?
O‘quvchi:
— Chunki men hali sizga o‘xshab katta emasman-da!
Ota-onalar majlisida o‘qituvchi shikoyat qilibdi:
— O‘g‘lingizni hulqi meni ancha tashvishga solyapti. Tanaffus payti qizlarning orqasidan yugurishini bir ko‘rsangiz edi...
Ota:
— Nima qipti? Axir uning yoshida hamma bolalar qizlarning ortidan yuguradi, - desa, o‘qituvchisi:
— Qo‘lida katta tosh bilan yugurayotganidan tashvishdaman-da, - dermish.
O‘qituvchi Eshmatvoydan so‘radi:
— Qani, Eshmatvoy menga aytchi, odamning qaysi tishi eng oxiri chiqadi?
— Tilla tishlari.
Afandini o‘g‘li maktabga boribdi. O‘qituvchisi unga savol beribdi:
— Birov senga olma bersa nima unga deysan?
— Olma yuvilganmi deyman, ustoz, - javob beribdi bola.
Maktabdan qaytgan o‘g‘li onasiga savol beribdi:
— Oyi, nima uchun har bir fandan alohida o‘qituvchi dars beradi?
— Chunki bitta o‘qituvchining o‘zi hamma fanni o‘rgata olmaydi-da, bolam.
— Unda qanaqa qilib bitta o‘quvchi hamma fanni o‘rgana oladi?
O‘qituvchi ona tili fanidan "Olmoshlar" mavzusini o‘tibdi.
"Biz" olmoshini tushuntirib berib debdi:
— Uyda yaxshilab takrorlanglar, - debdi.
O‘quvchilardan biri "Biz" olmoshini yaxshilab tushunib olish maqsadida, eshikdan kira solib oshxona tomonga qarab:
— Oyi bizni qornimiz ochib ketdi, ovqat yeymiz, - desa, oyisi sekin oshxonadan boshini chiqarib:
— Hoy o‘rtoqlaring ketsin. Keyin ovqat yeysan. O‘zi ovqat bir kishilik, - dermish.
— Sarvar, sen katta bo‘lganingda kim bo‘lmoqchisan?
— Savdogar bo‘laman ustoz!
— Nima uchun injener yoki o‘qituvchi emas?
— Injener bilan o‘qituvchini inomarka mashina haydaganini hech ko‘rganmisiz???