Maktabda o‘quvchisi sinfdoshini uyiga borib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosgan ekan, do‘stini onasi eshikni ochibdi. Haligi bola unga:
— Salom xolajon! Akbar uydami, - deb so‘rasa,
— Ha uyda! Lekin ovqatlanyapti. Balki sen ham ovqatlanishni xohlarsan, - debdi.
— Ha xohlayman, - desa,
— Bo‘pti, unda sen ham uyingga borib ovqatingni yegin, keyin kelarsan, - dermish.
— Yaxshi qiz, sizni raqsga taklif qilsam maylimi?
— Meni ikkita farzandim bor!
— Mayli, u holda o‘tirib dam olavering!
Qish, izg‘irin sovuq ekan. Ko‘chada ikkita eshak ketayotsa, yonidan kalta yubka kiygan bir qiz o‘tib ketibdi.
Shunda birinchi eshshak ikkinchisiga qarab:
— Qara, bizdan ham terisi qalin jonivorlar bor ekan-a? - dermish.
Boshliq ishchiga qarab:
— Siz ishdan bo‘shadingiz! - desa, ishchi:
— Bo‘shadingiz??? G‘alati...!? Qullarni sotib yuborishar edi-ku?!
Bir barbisifat ayol ginekolog qabuliga kiribdi. Doktor uni ko‘rikdan o‘tkazib bo‘lgach, so‘rabdi:
— Nimadan shikoyatiz bor?
— Shu desangiz, tishim juda yomon og‘riyapti.
— Iye, sizni ginekologik ko‘rikdan o‘tkazdim-ku? Nega tishim og‘riyapti demadingiz?
— Tishimni ildizini qidiryapsiz deb o‘ylabman-da!!!
— Xo‘sh dugonajon, bu iPhone senga qanchaga tushdi?
— Yigirmata janjalga, dugonajon...
— Voy, rossa qimmat ekan-da!?
Afandining bir boy qo‘shnisi bor ekan. U boy nuqul afandiga xatlarini bepul yozdirib yurarkan.
Bir kishi so‘rabdi:
— Afandi, nega nuqul boyni xatlarini bepul yozib berasan? Axir u senga haq to‘lamaydi-ku?!
Afandi debdi:
— Agar boyni xatlarini yozib bermasam, u menga ko‘p pul to‘lay boshlaydimi???
O‘zbek tilini yaxshi bilmaydigan bir yigitning yuragi og‘rib qolib:
— Qalbim og‘riyapti, qalbim og‘riyapti, - deb yiqila boshlasa, do‘sti:
— Qanchalar go‘zal so‘zlar...! - deb qarab turaveribdi.
Nariroqda boshqa do‘sti tushunib qolib:
— Ey ahmoq, bor "Tez yordam" chaqir! - dermish.
Bir yigitni uylantirishibdi. To‘yda hammaga osh berishibdi-yu, kuyovga osh yetmay qolibdi.
To‘y tugagach, kuyov go‘shangaga kirmasdan, tashqarida xafa bo‘lib o‘tirgan ekan, dadasi:
— Ha o‘g‘lim, nimaga tashqarida o‘tiribsan, kelinni yoniga kirmaysanmi? - desa,
— Kirmayman, - deb baqiribdi.
— Nega kirmaysan, - desa, o‘g‘li:
— Osh yeganlar kiraqolsin, - dermish.
— Jonimga tegib ketdi. Xotinim nuqul kech qolding, kech qolding deb, janjal qilgani qilgan.
— Ertaroq bor!
— Ertalab soat oltida borib ko‘rdim! Baribir kech kelding, deydi.
Latifa.uz loyihasi haqida
Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo'r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do'stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o'qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko'plab mavzularda latifalar birinchi bo'lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o'tadi, do'stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko'targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko'proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo'ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutlaq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig'ini mazmunli o'tishiga hissa qo'shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to'liq qo'llab quvvatlaymiz.
Agarda biron-bir latifa bo'yicha e'tirozlar bo'lsa, bizga habar bersangiz saytdan o'chirib tashlaymiz.