Afandi urushga ketayotgan ekan, kamonini olibdi-yu, o‘qini olmabdi. Buni ko‘rganlar:
— O‘q olmaysizmi?, - deyishsa
Afandi:
— O‘qi dushman tomondan kelib qolar..., -dermish.
Kelin:
— To‘ydan keyin, men sizga haligacha hech kim mendan bo‘sa olmagan joyni ko‘rsataman.
Kuyov:
— Qayerda ekan u joy?
Kelin:
— Bu Gavai orollarida!
Bir qiz ajoyib yigit bilan tanishib qolibdi. Yigit bilan har kuni uchrashib, biror joyga borishgach, qizni uyga olib kelib qo‘yarkan-da, — To‘xtang. Shoshmay turing!, - deb mashinasidan tushib, qizga eshikni ochib berarkan. Qiz dugonalariga maqtanib:
— Hali bunaqa oliyjanob yigitni uchratmagandim, - debdi.
Yigit esa yarim yildan beri mashinasining eshigini ichkaridan ham ochilishi uchun ustaxonaga olib borolmayotgan ekan...
Bir kishining uyida suv jo‘mragi ishdan chiqib, chilangar chaqirtiribdi. U odamning yosh va go‘zal qizi bor ekan.
Ishlab o‘tirgan chilangarning yoniga qiz kelib:
— Agar otam sharob bersa, ichmang! Pul bersa ham ola ko‘rmang! Faqat chekishga bir dona sigaret so‘rang, - debdi jilmayib, nozlanib.
Laqma usta ishlarini tugatgach, qiz aytganidek, bitta dona sigaretni chekibdi-da, ketibdi.
Xursand bo‘lgan otasi esa qiziga qarab:
— Barakalla dono qizim! Keyingi hafta bo‘yoqchilarni chaqiraman, - debdi.
Uylangan yigit bo‘ydoq do‘stiga debdi:
— Shuncha yil yashab, sutni muzlatgichga noto‘g‘ri qo‘yish mumkinligi haqida bilmagan ekanman.
GAI xodimlari voqea joyini ko‘zdan kechirib, bayonnoma yozishmokda.
Mayor:
— Yo‘l kengligi - 6 metr, o‘ng tarafda chuqur ariq bor. Oq rangli Matiz 30-35 yoshlar chamasi erkak kishini urib yuborgan. Mashina daraxtga oldi bilan urilgan.
Serjant:
— Yozdim.
Mayor:
— O‘sha erkak kishining tanasi boshsiz holda ariq ichida. Kallasi esa asfalt chetida.
Serjant:
— O‘rtoq serjant. "Aspalt" deb yoziladimi? yoki "Asfalt" dyebmi?
Mayor biroz o‘ylanib, kallani bir tepib ariqqa tushirib yuboribdi-da, — Mayli kallani ham ariq ichida deb yozaqol, - debdi.
Er xotiniga dedi:
— Arzanda o‘g‘ling yana hamyonimdan pullarimni o‘maribdi!
— Nega endi u bo‘larkan? Balki men olgandirman ...
— Yo‘q, sen emas! Hamyonimda pullarimni yarmi qolib ketibdi.
Bir kuni GAI xodimi haydovchiga:
— Qani, "Kuf" deng-chi, - debdi.
Haydovchi darhol tekshiruvchini cho‘ntagiga yuz mingni solib qo‘yibdi.
Pulni olib, yana "Kuf" deyishini talab qilibdi. Shunda haydovchi yana ellik ming beribdi. GAI xodimi esa:
— Yo‘q! Birinchi galdagidek "kuflang", - dermish.
Uchta yosh qiz vokzalda yurib ketayotgan poyezd ortidan "hay-hay"lab yugurib borishayotgan ekan. Bir payt ikkitasi poyezdga yetib, chiqib olibdi. Poyezd jo‘nab ketibdi. Uchinchi qiz esa qo‘lidagi yuklari bilan ularning ortidan xandon otib kula boshlabdi. Vokzal navbatchisi:
— Nega kulyapsiz?, - desa, qiz:
— Anavi poyezdga chiqib ketgan dugonalarim aslida meni kuzatgani chiqishgan edi, - debdi.
Uchta inoq do‘stlar dam olishga Turkiyaga borishibdi. Mehmonxonani 45-etajiga joylashib olishibdi. Tushlikni birinchi qavatda yeb bo‘lgach, xonalariga chiqmoqchi bo‘lib qarashsa, lift ishlamayotgan ekan. Zinada chiqishdan boshqa ilojlari qolmagach, chalg‘ish uchun har biri navbatma-navbat latifa aytib chiqishga kelishibdi.
Birinchisi o‘n beshinchi qavatgacha latifa aytib, o‘rtoqlarini kuldirib chiqibdi. Keyin ikkinchisi o‘ttizinchi qavatgacha kuldiribdi. Navbat uchinchisiga kelgan ekan, u do‘stlariga qarab:
— Hozir bir narsa aytaman, kulaverib, ichagingiz uziladi, - debdi. Do‘stlari qiziqib, — Nima ekan? Ayt-chi, - deyishsa:
— Xonamizni kaliti birinchi qavatda qolib ketibdi, - debdi.
Latifa.uz loyihasi haqida
Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo'r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do'stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o'qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko'plab mavzularda latifalar birinchi bo'lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o'tadi, do'stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko'targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko'proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo'ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutlaq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig'ini mazmunli o'tishiga hissa qo'shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to'liq qo'llab quvvatlaymiz.
Agarda biron-bir latifa bo'yicha e'tirozlar bo'lsa, bizga habar bersangiz saytdan o'chirib tashlaymiz.