— Aytishlaricha, ich ketganida sabzi yordam berarmish.
— Lekin, buni hatto qaysi yo‘l bilan yordam berishini tasavvur qilishni o‘zi ham meni daxshatga solmoqda.
Bir odam bozordan jo‘ja xo‘roz olib kelibdi. Uyida qari xo‘rozi bor ekan. 2 si har kuni urisharkan. Kunlardan birida qari xo‘roz shunday debdi:
— Darvozagacha kim birinchi borib kelsa, o‘sha boshliq bo‘ladi.
Jo‘ja xo‘roz tez yugurib darvozani oldiga yetgan ekan, xo‘jayin uni otib tashlabdi va:
— Nuqul olib kelgan xo‘rozlarim ko‘chaga yuguradi-ya, - dermish.
Bir yigit yo‘lda ketayotib, bir ko‘zi ko‘r cholga turtilibdi.
— Chol: Hey, qo‘ng‘iroqchani chalib yursang bo‘lmaydimi?
— Yigit: Qanaqa qo‘ng‘iroqcha?
— Chol: Bilmaysanmi ko‘r bilan ko‘r to‘qnashib ketmasligi uchun qo‘ng‘iroqcha olib yurishadi!
— Yigit: Eh, otaxon ko‘rmayapsizmi men ko‘r emasman!
Afandi yosh bola edi. Ko‘cha eshigi oldida non yeb o‘tirgan edi, bir kishi kelib, uni aldamoqchi bo‘ldi:
— O‘g‘lim, tuyani yaxshi ko‘rasanmi?
— Ha.
— Kel bo‘lmasa, noningni tuya qilib beray. Afandi bir nonga, bir haligi kishiga qarab dedi:
— Tuya eshigimizdan sig‘maydi. Qo‘yavering o‘zim bo‘taloq qilib olaman.
Bir kun samolyotda hayvonlar uchib ketvotganakan. Shunda bir qarg‘a styuardessani chaqiradigan tugmachani bosibdi. Styuardessa kelib qarg‘aga:
— Nima xizmat, - debdi.
Qarg‘a:
— Xizmat yo‘q, hazillashdim, - debdi.
Styuardessa jahli chiqib indamiy qaytib ketibdi. Keyin qarg‘a yana tugmachani bosib styuardessa chaqiribdi. Styuardessa kelib yana:
— Nima xizmat, - deb so‘rabdi.
Qarg‘a yana:
— Xizmat yo‘q hazillashdim, debdi.
Styuardessani yana jahli chiqib indamiy ketibdi. Nariroqda bo‘ri kuzatib o‘tirgan ekan. Bo‘riyam tugmachini bosibdi. Styuardessa kelib:
— Sizga nima xizmat, debdi.
Bo‘riyam:
— Xizmat yo‘q, manam hazillashdim, - debdi.
Shunda styuardessani battar jahli chiqib qarg‘a bilan bo‘rini samolyotdan tashab yuboribdi. Qarg‘a bo‘rini oldiga kelib:
— Ey, bo‘ri uchishni bilasami, debdi
Bo‘ri:
— Yo‘q, - desa
Qarg‘a:
— Unda nimaga hazillashasan, debdi.
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Mashhur kino yulduzi bo‘lsam, butun dunyo men haqimda gapirsa, deyman.
— Sen haqingda butun mahalla gapirayotgani kamlik qilyaptimi?
Beshinchi qavatda yashaydigan ziqna odam o‘g‘liga tufli olib berib debdi:
— Zinadan chiqishda bitta zina tashlab chiqqin, shunda tufliging oradagi zinaga tegmay ishqalanish kamroq bo‘lib uzoqroq chidaydi.
O‘g‘li hop bo‘ladi deb, chiqib ketib bir ozdan keyin shimi yirtiq kirib kelibdi, buni ko‘rib ziqnani joni chiqquday bo‘lib:
— Shiming nima bo‘lib yirtildi?
— Tuflim yanayam ko‘proqqa chidasin deb zinadan ikki zina tashlab chiquvdim, - dermish
Xotin eriga dedi:
— Ko‘ylagimni yeching... Yubkamni yeching... Paypog‘imni yeching... Endi shoshilmasdan, ichki kiyimlarimni yeching, yana yirtib yubormang... Va boshqa hech qachon meni kiyimlarimni kiymang!!!
Supermarketda er qo‘xlikkina sotuvchi juvonga debdi:
— Bilasizmi, rafiqam do‘konda yo‘qolib qoldi. Siz menga bir-ikki daqiqa diqqatingizni ajrata olmaysizmi?
— Nega? — xayron bo‘libdi sotuvchi.
— Bilasizmi, men chiroyli ayol bilan gaplasha boshlasam bas, xotinimning o‘zi yerning tagidan bo‘lsa-da, paydo bo‘ladi.
— Doktor, operatsiyadan keyin men pianino chala olamanmi?
— Albatta chala olasiz.
— Xudoga shukurey, ilgari chalishni bilmasdim.
Latifa.uz loyihasi haqida
Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo'r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do'stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o'qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko'plab mavzularda latifalar birinchi bo'lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o'tadi, do'stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko'targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko'proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo'ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutlaq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig'ini mazmunli o'tishiga hissa qo'shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to'liq qo'llab quvvatlaymiz.
Agarda biron-bir latifa bo'yicha e'tirozlar bo'lsa, bizga habar bersangiz saytdan o'chirib tashlaymiz.