Har kuni o‘rmonda ayiq quyonni tutvolib do‘pposlar ekan. Xullas, jonidan to‘yib ketgan quyon sherni oldiga borib, ayiqni qilmishlaridan shikoyat qilibdi. Shunda sher farmon chiqazibdi. Unga ko‘ra ayiq quyonni urmasligi to‘g‘risida tilxat yozib berishi kerak ekan. Ertasi kuni ayiq quyonni urgani kelayotsa, quyon farmonni ko‘rsatibdi. Shunda ayiq:
— Bugun ham urib olay. Ertaga urmaslik haqida tilxat yozib beraman, - debdi. Ertasiga yana uribdi va indinga urmaslik haqida tilxat yozib beribdi.
Bir hafta o‘tgandan keyin sher quyonni ko‘rib qolib:
— Ayiq urmayaptimi endi? - deb so‘rabdi.
Quyon:
— Eh, urishi o‘sha-o‘sha. Faqat qog‘oz ko‘payib ketdi, - dermish.

29

Boshqa latifalar

Yangi yilni nishonlab tongga yaqin bir ahvolda uyga kirib kelgan erni xotini kutib olibdi.
— Yuzimga qarashga endi qanday chidaysiz? – debdi xotini.
Er bo‘lsa unga:
— Hechqisi yo‘q onasi, shuncha yil chidab kelyapman, bu yog‘i ham qarayveraman, - dermish.
0

Bir kuni o‘rmondan sher kelib shahardagi daraxt ustiga chiqib olibdi.
Buni ko‘rgan bir odam kerakli joyga murojat qilibdi. Tezda bir kishi iti bilan yetib kelibdi va haligi odamga debdi.
Men daraxtga chiqib sherni pastga tushiraman va it borib uni g‘ajib tashlaydi deb haligi odam qo‘liga miltiq beribdi. Shunda u odam hayron qolib surabdi. Kechirasiz agar it sherni g‘ajib tashlasa miltiqni nima keragi bor desa
Haligi odam: Agar men tushib ketsam it otib tashlaysiz.

0
Musiqachi uyida baraban chalib o‘tirgan ekan, qo‘shnilari ajoyib musiqa ovozi ko‘chaga ham balandroq eshitilsin deb uni derazasini tosh bilan sindirib ketishibdi.
0
Kechki bazmlarning birida bir erkak noz-karashma qilayotgan ayolga debdi:
Kechirasiz xonim, men uylanganman!
Ayol bo‘lsa unga javoban:
—Voy xudoyim-yey, men bo‘lsa kasal ekansizmi deb o‘ylabman...
0
Qishloqdagi bolakay:
— Oyijon, chelakdagi sutga sichqon tushib ketti.
— Voy sho‘rim qursin! Darrov olib tashla!
— Yo‘q. Men chelak ichiga mushukni tashladim. Hozir sichqonni ushlaydi.
0
Kafeda ofitsiant mijozga buyurtma qilingan tovuqni qo‘lida ushlab olib kelayotganini ko‘rib jahl bilan:
— Nega ovqatni qo‘lingiz bilan ushlab olgansiz!? - desa, ofitsiant:
— Ikki martta yerga tushib ketdi. Uchinchi martta ham tushirib yubormay degandim... - dermish.
0
Psixiatr vrachdan do‘sti so‘rabdi:
— Nimaga sen bemorlaringdan qanday mashinasi borligini so‘rayapsan? Buni kasallikka nima aloqasi bor?
— Eh do‘stim, shunga qarab bemorimdan qancha pul olishni mo‘ljallayman-da!
0
O‘lim jazosiga hukm qilingan yevreydan so‘rashibdi:
— So‘nggi so‘zingni aytishing mumkin!
— O‘limim oldidan so‘nggi martta qulupnay yemoqchiman.
— Axir qulupnay bahorda pishadi.
— Mayli, men kutib turaman...
0
Boshliqni xonasini tozalayotgan farrosh ayolni qulog‘i eshitmas ekan. Bir kuni tokchadagi guldon yerga tushib sinibdi. Farrosh ayol orqasiga o‘girilib singan guldonga qaragan ekan, boshliqni yuragi yomon bo‘lib qolibdi. Chunki o‘sha farrosh opa maxfiy yig‘ilishlarda bemalol xonani tozalab yuravergan ekan-da!
0
Ishga kayfiyatsiz kelgan yigitdan do‘sti so‘rabdi:
— Nega kayfiyating yo‘q?
— Xotinim bilan urishib qoldim.
— Nega urishding?
— Yangi ko‘ylak sotib olgan ekan. "Meni semiz ko‘rsatmayaptimi?" deb so‘radi.
— Sen nima deding?
— To‘g‘risini aytdim.
0