— Xotinimni tug‘ilgan kuniga nima sovg‘a olishni bilmayapman...
— O‘zidan so‘rab qo‘ya qolmaysanmi?
— Yo‘g‘-ye, unaqa ko‘p pulni qayerdan olaman?!
Bir erkak oyoqda tura olmaydigan ahvolda mast bo‘lib o‘yga kelibdi.
“Jahl otiga mingan” xotini endi baqiraman desa, eri qo‘lini labiga qo‘yib:
— Tsh-sh-sh, jim! Men bir narsa topdim, - debdi.
— Nima? – debdi xotini.
— Sabr qil. Ertalab aytaman, - deb uxlab qolibdi eri.
Tong otishini sabrsizlik bilan kutgan xotin, eri uyg‘onishi bilan so‘rabdi:
— Ho‘sh, topgan narsangizni ayting endi!
Eri:
— Aytsam ishonmaysan... Yangi mayxona topdim, - dermish.
Xotini eriga qarab debdi:
— Kechirasiz dadasi, sizni bilmay “sensirab” yuboribman.
Eri:
— Xijolat bo‘lma xotin. Men ham seni bir martta “sizlab” olaman, oramiz ochiq bo‘ladi, — degan ekan.
Baklashkaga benzin quyayotgan erini ko‘rgan xotini undan so‘rabdi:
— Nima qilasiz buni?
— Mashinaga quyaman. Nima edi?
— Ha, mayli. Faqat hech kimga sepib yurmang-a... Juda tez yonadi!
Xotin erini yoniga kelib debdi:
— Adasi, ertaga onamni tugʻilgan kunlari, nima sovgʻa qilamiz?
— Onang nechi yoshga toʻladilar? – soʻrabdi eri.
— 50ga toʻladilar. 50 ming beramizmi? – debdi quvonib.
Er:
— 50 ming yoshga toʻlmayaptilar shekilli!? – debdi jahl bilan.
Ikki doʻst suhbatlashmoqda:
— Doʻstim, mana seni 37 ta bolang bor ulardan nima foyda koʻrding? - debdi.
Doʻsti:
—Eh doʻstim, hamma foyda shularda-ku!
— Qanday qilib?
— Agar ichib kelsang, xotining oʻqlov koʻtarib senga tashlanadi. Shunda talpani ichiga oʻzingni otasan, - dermish.
Er-xotin ajrashish uchun sud zaliga kelishdi.
Xotin:
— Janob sudya, erim oshxonadagi barcha idish-tovoqlarni sotib, pulini “ichib” yuboribdi. Bu er bilan ortiq yashay olmayman!
Er:
— Men ham bunaqa xotin bilan yashay olmayman! Oshxonadagi idishlar yoʻqligini uch haftadan keyin bildi-ya!?
Eri baliq oviga ketayotib, xotiniga:
— Men ertaga qaytaman, - debdi.
Aksiga olib, oʻsha kuni yomgʻir yogʻib qolibdi. Telefonini olib qarasa quvvati tugab qolibdi. Doʻstini telefonidan xotiniga qoʻngʻiroq qilsa, xotini goʻshakni koʻtarib:
— Allo, men ketyapman! – debdi eri.
Xotini shoshib-pishib:
— Kelavering! Ahmoq erim shu yomgʻirda baliq oviga ketdi, - dermish.
Bir ayol eriga:
— Dadasi, televizorda ob-havo ma’lumotini xato ko‘rsatyapti. Tashqarida +40 gradus, lekin televizorni bir chekkasida 0+ deb yozilgan, - desa, eri:
— Bir soat oldin 7+ deb yozilgan edi-ku, - dermish.
Xotin:
— Er-xotin shuncha yil birga yashab, faqatgina bir marotaba uydan ikkalamiz birga chiqdik...
Dugonasi:
— Birga? Kino yoki teatrga borgandami?
Xotin:
— Yo‘q! Uyimizdan yong‘in chiqqanda. Birga yugurib, qochib chiqdik...