Erkaklar haqida latifalar

Qiz yigitga qarab:
— Bitta topishmoq aytaman topsangiz sizga tegaman. Vaq-vaq qilib sakrab yuradi, suvni yaxshi ko‘radi.
Yigit: Sigir - topdimmi?
Qiz: Ha, to‘g‘ri topdingiz!
164
Bugun notanish nomerdan manga SMS keldi: "Jonim xafa bo‘lmang, man boshqasini uchratdim, ayb sizda emas, boshqa uchrasha olmaymiz."
— Qoyil mani xatto tanimiydigan qiz ham tashlab ketdi.
173
Erkak kishini bir qulog‘idan kirgan gap, ikkinchisidan chiqib ketadi, ayol kishini ikki qulog‘idan kirgan gap og‘zidan chiqib ketarkan.
150
Er komandirovkaga ketib baxtsiz hodisaga uchrabdi va ko‘zidan ajralibdi. Doktorlar ko‘z topolmay, buqaning ko‘zini qo‘yib berishibdi.
Uyiga kelib, qon to‘lgan ko‘zi bilan xotiniga qarasa, xotini oyoqlari qaltirab:
— Unaqa qaramang, hammasini o‘zim aytib beraman, - dermish.
116
Qishloqda yashaydigan yigitlar kechasi nechida uyga qaytganini ota-onasi aniq biladi.
Chunki traktorda shovqinsiz kelib bo‘lmaydi-da.
115
— Adajon, nega singlimni ismi Oltinoy?
— Onang tillani juda-yam yaxshi ko‘rgani uchun!
— Unda nimaga meni ismim To‘xtasin?
— Ko‘p savol beravermagin...!
61
Yigit bo‘lajak kelinining otasi bilan suhbati:
— Qizingiz, meni xotinim bo‘lishga rozilik bildirdi!
— Hmm, o‘zing aybdorsan, har kun qatnab yurish natijasi shu-da...
152
Ota o‘g‘il chet el safarida xarobalar orasiga ekskursiyaga chiqishdi. Shu payt o‘g‘il otasiga:
— Dada, nima bu yerda oyim mashina haydashni o‘rganganmila? - dermish.
183
Yigit qizga dil izhori qilyapti:
— Sen uchun hamma narsaga tayyorman, osmondagi oyni olib bering desang hoziroq olib beraman!
— Oy joyida turaversin, yaxshisi menga bitta tilla uzuk olib bering.
— Uff, shu odating yomonda, doim gapni boshqa yoqqa burasan.
166
Bir kuni xotini eriga latifa aytib beribdi. Eri rosa kulibdi.
Xotini:
— Kulgili ekanmi, o‘zim to‘qidim, - desa
Eri birdan jiddiy tortib:
— O‘zimam etudim, shunaqayam bemaza latifa bo‘ladimi deb, - dermish
197