Haydovchilar haqida latifalar

Xotin ishdan kelgan eriga dedi:
— Adasi, sizga bitta yaxshi, bitta yomon yangiligim bor. Qay biridan boshlay?
— Yomonini ayt!
— Bugun mashinamizda avariya bo‘ldim. O‘zim tirik qoldim.
— Nimaaa??? Xo‘p mayli, endi yaxshisini ayt ...
28
Erimning shkafidan qog‘ozga o‘ralgan pulni topib oldim. Qog‘oz ustiga "Yaqinimga sovg‘a uchun!" deb yozilgan ekan. Xursand bo‘lib, cho‘ntagimdagi pullarni ham qo‘shib qo‘ydim. Menga olayotgan sovg‘asiga pul yetmay qolmasin dedim-da. Ertasi kuni qarasam, erim mashinasiga yangi g‘ildiraklar sotib olibdi. Shkafda esa pullar yo‘q...!
31
GAI katta yo‘lda tursa, oldida o‘t o‘chirish mashinasi, o‘rtada Kaptiva, orqasida Tez yordam mashinasi katta tezlikda o‘tib ketibdi. GAI hayron bo‘lib, keyingi postga
aloqaga chiqibdi:
— Tez yordam, o‘t o‘chirish mashinalari Kaptiva bilan o‘tib ketishdi. To‘xtatib so‘rachi, tinchlikmikan, - debdi.
Keyingi postdagi GAI mashinalarni to‘xtatib, Kaptivani haydovchisi oldiga borib:
— Hujjatlaringizni taqdim eting! Tinchlikmi? Bu nima ahvol?- desa, Kaptiva haydovchisi:
— Tibbiyot qutichasi, O‘t o‘chirgich so‘rayverib, jonga tegdingiz. Mana, komplekt bo‘lib yuribmiz, - dermish.
30
Bir ayol taksi to‘xtatib:
— Tug‘ruqxonaga! Faqat sal tezroq...- debdi.
Vahimaga tushgan haydovchi mashinani shunaqangi uchrib ketibdi-ki, svetoforlarga umuman qaramasmush...
Orqa o‘rindiqda o‘tirgan ayol baqira boshlabdi:
— Nimalar qilyapsiz? Sekinroq haydang! Tug‘ruqxonaga ishlash uchun ketyapman! Vrachman! Homilador emas!!!
27
Avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchasida:
— Sizni ogohlantirib qo‘yay, bugundan benzinning narxi oshdi.
— Yaxshi, menga kechagi benzindan ellik litr quying.
113
Hurmatli haydovchilar!
Agar sizni GAI to‘xtatib, “Oxirgi 24 soat ichida spirtli ichimlik ichdingizmi?” deb so‘rasa, aslo soatga qaray ko‘rmang!
27
Abdurayim tog‘a eski zaparojets mashinasida ketayotib, bexosdan yangi malibuni orqasidan urib yuboribdi.
Malibuni haydovchisi avtomobilidan jahl bilan tushib:
— Mashinamni dabdala qildingiz-ku, tuzatib berasiz, - deb baqira ketdi.
Abdurayim tog‘a esa pinagini buzmay:
— E, qanaqa odamsan? Tirik qoldik, soppa-sog‘miz shukur qilsang-chi. Mashina temir bo‘lsa, topiladi, - debdi.
Bu ham yetmagandek, Abdurayim tog‘a mashinasi ichidan aroqni olib, - salomat qolganing uchun, - deb malibuning haydovchisiga ichirib yuboribdi.
Shunda mashinasi pachoq bo‘lgan malibu egasi:
— Siz ham ichmaysizmi amaki?, - desa
— Shoshmay tur, GAIlar kelib-ketishsin, - dermish...
141
Taksi juda sekin yurib borayapti. Yo‘lovchi toqatsizlanib, haydovchidan so‘radi:
— Nahotki tezroq yurishning iloji bo‘lmasa?
— Menmi? Yura olaman. Lekin mashinadan tushgim kelmyapti-da!
22
Bir boy va chiroyli qiz chekka qishloqqa ko‘chib kelibdi. Mashinasidan tushayotsa, hamma yigitlar anqayib qarab turishsa qiz nozlanib debdi:
— Kim menga yetib olsa, o‘shanga turmushga chiqaman, - debdi-da avtomobiliga o‘tirib haydab ketibdi.
Hamma yigitlar ortidan yugura boshlashibdi. Hatto orasida bitta cho‘loq ham aravachasida quvlay boshlabdi. Qiz tezlikni oshirgan sari, birin-ketin yigitlar orqada qolaverishibdi. Lekin boyagi aravachadagi cho‘loq yigit mashinani ortidan izma-iz yetib kelibdi.
Qiz oxiri avtomobilini to‘xtatib, tushibdi-da debdi:
— Hamma yigitlar qolib ketishdi. Bitta siz yetib keldingiz. Endi sizga turmushga chiqishimga to‘g‘ri keladi.
Cho‘loq yigitni jahli chiqib:
— Turmushga chiqasizmi, yo‘qmi bunisini bilmadim-u, lekin meni aravachamni mashinangizga bog‘lab qo‘ygan odamni dab-dalasini chiqarishim aniq! - dermish.
29
Yo‘l yoqasida katta e’lon taxtasi turibdi va unda katta-katta yozuv bor:
"Haydovchi, oq yo‘l!"
Huddi shu taxtani pastrog‘ida kichikroq e’lon:
"Ko‘prik buzib tashlangan".
21