Abdurayim tog‘a eski zaparojets mashinasida ketayotib, bexosdan yangi malibuni orqasidan urib yuboribdi.
Malibuni haydovchisi avtomobilidan jahl bilan tushib:
— Mashinamni dabdala qildingiz-ku, tuzatib berasiz, - deb baqira ketdi.
Abdurayim tog‘a esa pinagini buzmay:
— E, qanaqa odamsan? Tirik qoldik, soppa-sog‘miz shukur qilsang-chi. Mashina temir bo‘lsa, topiladi, - debdi.
Bu ham yetmagandek, Abdurayim tog‘a mashinasi ichidan aroqni olib, - salomat qolganing uchun, - deb malibuning haydovchisiga ichirib yuboribdi.
Shunda mashinasi pachoq bo‘lgan malibu egasi:
— Siz ham ichmaysizmi amaki?, - desa
— Shoshmay tur, GAIlar kelib-ketishsin, - dermish...

141

Boshqa latifalar

To‘rt yahudiy va to‘rt o‘zbek Toshkentdan Moskvaga borish uchun poyezdga o‘tirishibdi. To‘rttala yahudiy har bittasi bittadan bilet olishibdi, o‘zbeklar bo‘lsa to‘rtalasi bitta bilet olibdi. Yahudiylar hayron bo‘lib, "bular nima qilar ekan, - deb kuzatib tursa.
Provodnik biletlarni tekshirishni boshlaganda, to‘rttala o‘zbek bitta tualetga kirib olibdi. Provodnik tualetda bitta odam bor, deb tualet eshigini taqillatib bilet so‘rabdi. Eshik qiya ochilib, bitta biletni ko‘rsatishibdi, provodnik o‘tib ketibdi.
Yahudiylar qoyil qolibdi va Moskvadan qaytishda, ular ham to‘rttasi bitta bilet olibdi, O‘zbeklar bo‘lsa birorta ham bilet olmabdi. Provodnik tekshirishni boshlabdi. Yaxudiylar yugurib tualetga kirib olibdi. Shu payt eshik taqillabdi. Yahudiylar biletni tashqariga uzatishibdi. O‘zbeklar biletni olib narigi tualetga yugurishibdi.

4764
Ikki GAI xodimi yo‘lda zerikib turishgan ekan. Bir aravakash boboy ko‘rinib qolibdi.
GAIshniklar hazillashmoqchi bo‘lib boboyni to‘xtatishibdi.
— Otaxon, hujjatlaringizni ko‘rib qo‘yaylikchi.
Shunda otaxon qamchisi bilan otni dumini ko‘tarib:
— Bardachokda edi, olaqol!!!
2804
Bir odam o‘g‘liga:
— Bo‘ldi bas, men etgan qizga uylanasan.
— Axir dada, qanday qilib ko‘rmay, bilmay turib, uylanaman? Kim o‘zi u qiz?
— Hokimning qizi.
— Ha-a, unday bo‘lsa mayli.
Hokimni oldiga borib:
— Qizingizni so‘rab keldim, o‘g‘limga kelinlikka bersangiz.
— Iye, qiziq ekansiz-ku, tanimagan bilmagan odamga qizimni bervoraveramanmi, kim o‘zi o‘g‘lingiz?
— Ipoteka bankini boshqaruvchisi.
— Ha-a, unday bo‘lsa mayli.
Bank boshqaruvchisiga borib:
— O‘g‘limni Ipoteka bankiga boshqaruvchi qilib ishga olsangiz.
— Iye, qiziq odam ekansiz-ku, duch kelgan odamni bank boshqaruvchisi qilib ishga olaveramizmi? Kim o‘zi o‘g‘lingiz?
— Hokimning kuyovi.
— Ha-a, unday bo‘lsa mayli.
1439
O‘g‘il kechki payt mast kelib, uyga kirsa, stolni ustida qovun turgan ekan. "Bir oz yeb yotay, bo‘lmasam uydagilar ichib kech kelganimni bilib qolishadi", - deb qovunni yeb uxlabdi.
Ertalab oyisi:
— Ey, uyati yo‘q, tur! Kechqurun uyga ichib kebsan-a?
— Yo‘q, oyi.. Men ichganim yo‘q, nimalar deyapsiz?
— Ichganim yo‘q? Tunda oshqovoqni yarmini yeb qo‘yibsanku, - dermish.
1241