Bir mijoz restoranga kirib ofitsiantga:
— Janjal bo‘lmasidan menyuni olib kel! – debdi.
Ofitsiant hayron bo‘lib menyuni keltiribdi.
Keyin mijoz har gapida “janjal bo‘lmasidan uni olib kel! Janjal bo‘lmasidan buni olib kel!” deyaveribdi.
Oxiri ofitsiant undan so‘rabdi:
— Nega har gapingizda janjal bo‘lmasidan…! Deyaverasiz. Qachon, nega janjal bo‘ladi? – desa, mijoz:
— Janjalmi? Endi bo‘ladi. Chunki meni to‘lagani pulim yo‘q! – debdi.