Qurolli kuchlar rezervidagi desantchilar harbiy mashg‘ulot yig‘inlariga jalb etilibdilar. Yo‘riqchi ular bilan mashg‘ulot o‘tkazib, parashyut bilan sakrashga oid yo‘l-yo‘riqlar beribdi:
— Apparat bortidan sakrab chiqqach, halqani tortasiz. Bir ozdan so‘ng parashyut gumbazi ochiladi, yerga qo‘nasiz. Qo‘nish maydonida sizni avtobus kutadi. Avtobusga chiqib, yana shu yerga qaytib kelasizlar.
Rezervdagi desantchilardan biri sakrab, aytilganidek halqani tortibdi. Parashyut gumbazi ochilmabdi. Toshday tez pastga tushib borayotgan harbiy o‘ziga-o‘zi javrarmish:
— Ho‘sh, parashyut masalasida aldashdi. Qani ko‘raylik-chi, avtobus kutib turishi rostmikin!?