Mashhur folbin bir shaharga mehmon bo‘lib kelibdi. Yo‘lni bilmay tursa, yonidan bir kishi o‘tib qolibdi. Shunda folbin:
— Hoy og‘ayni, yo‘lni bilmay turibman, aytib bera olmaysizmi? – desa, haligi kishi yo‘lni ko‘rsatib yuboribdi.
Shunda folbin:
— Yaxshiligingizga men ham yaxshilik bilan javob qaytarmoqchiman. Men falon yurtning mashhur folbiniman. Keling, sizga ham bir fol ochib kelajagingizni aniq aytib beray, - debdi.
Shunda haligi kishi javob beribdi:
— O‘zini yo‘lini bilmagan odam, meni kelajagimni qayerdan bilardingiz!?