Bir qishloqning yo‘lida kattakon chuqur bor ekan. Shu yo‘ldan o‘tgan odamlar chuqurga tushib, jarohatlanisharkan.
Kunlarning birida uchta odam shu chuqurni yoniga kelib, tortishib qolishibdi:
— Bilasizlarmi? Shu chuqurni yoniga tez yordam mashinasini olib kelib qo‘yish kerak. Shunda, yiqilgan odamga yordam ko‘rsatish oson bo‘ladi, - debdi birinchisi.
— E, yo‘g‘-ye! Undan ko‘ra, shu yerga kasalxona qurish kerak. Yiqilgan odam darrov kasalxonaga boradi, - debdi ikkinchisi.
Shunda uchunchi odam o‘ylanib turib:
— Obbo, ikkalangni ham aqling yo‘q ekan. Yaxshisi, chuqurni ko‘mib, biror yaqin kasalxona oldidan chuqur kavlatish kerak, - degan ekan.