Katta bir korxonaning rahbari ishchilar intizomini tartibga solib qo‘ymoqchi bo‘libdi. Ishyoqmas, dangasa biror xodimni ishdan bo‘shatib, qolganlarga namuna ko‘rsatib qo‘yish niyatida tekshiruvga chiqibdi. Qarasa, bir yosh ishchisi korxona hovlisida devorga suyanib, dam olib turgan ekan. Rahbarning fig‘oni falakka chiqibdi. Yosh yigitning yoniga kelib:
— Senga bir haftada nechi pul to‘lashadi?, - deb so‘rabdi jahl bilan.
— Olti yuz ming, - javob beribdi hayron bo‘lib.
Rahbar boshqalarga ham o‘rnak bo‘lsan degan maqsadda, xonasidan ikki yarim million olib chiqibdi-da yosh ishchisini qo‘liga tutqazib debdi:
— Mana, to‘rt haftalik maoshingni ortig‘i bilan olgin-da, bu yerdan yo‘qol, qaytib kela ko‘rma!
Yigit pulni olib, indamasdan ketibdi. Rahbar esa bu holatni kuzatib turgan ishchilarga qarata:
— Kim edi u ishyoqmas?, - deb so‘rasa,
Ishchilardan biri:
— Pitssa tashish xizmatidan edi. Olib kelgan pitssasini pulini kutib turgandi, - degan ekan.