Bir kishi psixolog yoniga kelib debdi: — Hayotimdan zerikdim. Yorqin, qiziqarli voqealar yetishmaydi! — Sayyohatga boring, - debdi psixolog. — Yer sharini yarmini aylanib chiqdim. Bu ham mayli vertolyotda uchib, paroshyutdan sakradim. Xullas hamma narsa qilib ko‘rdim. Biror o‘zgarish bo‘lishini xohlayman, - debdi kishi. — Unda, - debdi psixolog, - ikkinchi xotin oling. — Ikkinchi xotinim ham bor, - debdi kishi. — Bu gapni endi birinchi xotinga ayting. O‘shanda hayotingizda katta o‘zgarishlar bo‘ladi.