Podsho, vazir va Nasriddin Afandi ovga chiqishdi. Yo‘lda podsho ustidagi chakmonini yechib Afandiga berdi. Buni ko‘rgan vazir ham chakmonini yechib Afandiga uzatdi. Podsho Afandiga tegajog‘lik qilib:
— Afandi, ustingizdagi bir eshakning yuki bo‘ldi-mi? - dedi.
Afandi darhol:
— Yo‘q, shohim, ko‘rib turibdilar-ku, ikki eshakning yuki! - deb javob berdi.