— Bundan keyin birov bilan gaplashayotganingizda, oyog‘ingizga ip bog‘lay-da, bir uchini ko‘rpacha tagidan ushlab turay, to‘g‘ri javob bersangiz yoki o‘rinli savol tashlasangiz tek turaveraman, aynisangiz, ipni asta tortib qo‘yaman.
Bu gap podshoga ma’qul tushdi. Bir mamlakatdan elchi kelganda xuddi shunday qilindi. Elchi kirib o‘tirishi bilan podsho so‘radi:
— Qalay, mamlakatingizda it, mushuklar semizmi? Afandi ipni sekin tortdi, podsho gapdan to‘xtagandan keyin, Afandi elchiga bu gapning «ma’no»sini izohlay boshladi:
— Shohimiz shunday teglik gapiradilarki, it, mushukning semizligi xalqning osoyishta va farovon turmush kechirishini ko‘rsatadi.
Elchi bu gapdan kanoatlanib, podshoga ta’zim qildi. Buni ko‘rib podsho Afandiga o‘shqirdi:
— Ahmoq, shunday chuqur gap aytgan bo‘lsam, nega ipni tortding!